PRESS-TUR: SOHADAGI ISLOHOTLAR VA O‘ZGARISHLAR KATTA

PRESS-TUR: SOHADAGI ISLOHOTLAR VA O‘ZGARISHLAR KATTA


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Andijon viloyatida gaz ta'minotidagi islohotlar va sohadagi o‘zgarishlar, aholiga bu borada yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar” mavzusida press-tur tashkil etildi.

Dastlab tur ishtirokchilari Filialning “Qo‘rg‘ontepa” gaz to‘ldirish shoxobchasida bo‘lishib, aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish xizmati bilan yaqindan tanishdilar.

Andijon viloyatining suyultirilgan gaz iste'molchilarga 3 ta gaz to‘ldirish shoxobchalari orqali suyultirilgan gaz yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu gaz to‘ldirish shoxobchalarining oylik gaz to‘ldirish quvvati 3000 tonna va gaz saqlash quvvati 285 tonnani tashkil etadi. Bir vaqtning o‘zida 28 ta maxsus gaz tashish avtotransportlariga xizmat qilish imkoniyatiga ega. Iste'molchilarga jami 89 dona maxsus maishiy gaz balloni tashuvchi avtotransportlar xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali “Shirin gaz servis” va “Poytug‘” gaz to‘ldirish stansiyalari xizmatidan foydalanadi.

“Shoxobchamiz viloyatning Xonobod va Qorasuv shaharlari, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq va Xo‘jaobod tumanlari iste'molchilariga xizmat ko‘rsatadi, - deydi “Qo‘rg‘ontepa” GTSh yetakchi muhandisi Sardorbek Nurmatov. - Mazkur shoxobchaning oylik gaz to‘ldirish quvvati 1000 tonna va gaz saqlash quvvati 50 tonnani tashkil etadi. GTShda og‘ir qoldiqlarni to‘kish va maishiy gaz ballonlarni sinovdan o‘tkazish ishlari ham olib boriladi.  O‘tgan yil davomida “Qo‘rg‘ontepa” gaz to‘ldirish shoxobchasida 793 ming 842 dona ballondan 43.18 tonna og‘ir qoldiq to‘kilgan bo‘lsa, 2022-yilning birinchi choragida 161 ming 272 dona ballonlardan 7.03 tonna og‘ir qoldiq to‘kib olindi. O‘tgan yilda “Qo‘rg‘ontepa” GTSh qoshidagi sinovdan o‘tkazish sexida 5 608 dona maishiy gaz ballonlari sinovdan o‘tkazilgan. 2022 yil 1-choragida esa mutaxassislar tomonidan 1 700 dan ortiq maishiy gaz ballonlari sinaldi. ”

Aholiga suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yetkazib berish uchun uchun gaz to‘ldirish shoxobchalarida ham moddiy-texnik bazani yangilash ishlari olib borilgan. Ishchi xodimlarga esa ko‘ngildagidek sharoitlar yaratilgan. Xususan, ular uchun maxsus ovqatlanish xonalari, ishdan so‘ng yuvinish va dam olish xonalari barpo etilgan. Barcha gaz to‘ldirshi shoxobchalari elektron tarozilar bilan ta'minlangan bo‘lib, gaz quyish ishlari bevosita kuzatib boriladi.

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati




Report Page