PRESS-TUR: KUZ-QISHGA TAYYORGARLIK AYNI AVJIDA

PRESS-TUR: KUZ-QISHGA TAYYORGARLIK AYNI AVJIDA


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Andijon viloyatida gaz ta'minotidagi islohotlar va sohadagi o‘zgarishlar, aholiga bu borada yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar” mavzusida press-tur tashkil etildi.

Jurnalistlarga Jalaquduq tumanidagi “Beshkaram” MFY “Yanvar” ko‘chasida joylashgan aholiga tabiiy gaz tarqatish tarmoqlari (kollektor)ni estetik tartibga keltirish bo‘yich qilinayotgn ishlar misolida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berildi.

Joriy yilda “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali tomonidan 5.9 km uzunlikdagi gaz quvurini mukammal ta'mirlash (ANdijon shahrida 2.5 km, Marhamat tumanida 0.7 km hamda Shahrixon tumania 2.7 km), 3.2 km gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish, 14 dona gaz taqsimlash qurilmalarining mukammal ta'miri rejalashtirilgan. Shuningdek, mavjud 2 471 dona gaz taqsimlash qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, shu kunga qadar 711 dona GTQlarda texnik ko‘rik va ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Filial tasarrufidagi 122.8 km gaz quvurlarini bosim ostida sinash va havo bosimi yordamida tozalash ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgacha 10.1 km quvurlar sinaldi va tozalandi. 110.8 km gaz quvurlarini yer osti gaz quvurlarini holatini asboblar yordamida tekshirish rejalashtirilgan va shu kungacha 68.0 km gaz yer osti gaz quvurlarining holati tekshirildi. 201 km uzunlikdagi gaz quvurlarini bo‘yoqlash ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, chilangarlar tomonidan 75.7 km qismi bo‘yoqlanib bo‘lindi. Bajarilgan ishlar natijasiga ko‘ra esa, 42 ta MFY o‘ramidagi 20 mingdan ortiq aholi xonadonlaridagi tabiiy gaz ta'minoti yanada yaxshilanadigan bo‘ldi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida viloyatdagi 32 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida ta'minotni yanada yaxshilash va suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha ishlar belgilab olingan. Jumladan, 12.3 km uzunlikdagi gaz tarmoqlarini qurish va ta'mirlash, 37 dona gaz taqsimlash punktlarini ta'mirlash hamda 1300 ga yaqin maishiy gaz ballonlarni ehtiyojmandlarga yetkaziyu berish rejalashtirilgan. Rejadagi ishlarni amalga oshirish uchun “Hududgazta'minot” AJ hisobidan 1 mlrd. 69 mln. so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirladi.

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page