PRESS-TUR: ENERGIYATEJMKORLIK SAMARADORLIKKA OLIB KELADI

PRESS-TUR: ENERGIYATEJMKORLIK SAMARADORLIKKA OLIB KELADI


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Andijon viloyatida gaz ta'minotidagi islohotlar va sohadagi o‘zgarishlar, aholiga bu borada yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar” mavzusida press-tur tashkil etildi.

Press-tur davomida ishtirokchilar Xo‘jaobod tumanida joylashgan “Fayz-M” korxonasida bo‘ldilar. Mazkur korxona paxta yog‘i ishlab chiqarib, tumandagi ulgurji iste'molchilar toifasiga kiradi. Korxondagi chigitdan yog‘ni ajratib olish Italiya texnologiyasi asosida olib borilib, paxta yog‘ini bug‘ orqali qayta ishlashda energiyatejamkor uskunalardan foydalanilmoqda.

“Energiyatejamkor uskunlardan fyodalanish biz uchun foyda ekan, - deydi korxona texnologi Halimov Xurshidbek . – Chunki bunda gaz sarfi kamayib, korxona iqtisodiga sezilarli ravishda ta'sir ko‘rsatmoqda. Kelajakda esa, oshiqcha bug‘dan yanada samarali foydalanish maqsadida issiqxona tashkil etishni mo‘ljallab turibmiz...”

Bugungi kunda viloyatda 2340 ta ulgurji iste'molchilar tabiiy gazdan foydalanmoqdalar. Soha mutaxassislari tomonidan har bir ulgurji iste'molchiga energiyatejamkor gaz jihozlaridan foydalanish, ularning samaradorligi haqida keng tushunchalar berilmoqda.

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filial matbuot xizmati



Report Page