PRESS-TUR: BIZNI MAHALLAMIZGA HAM SUYULTIRILGAN GAZNI KARTALAR ORQALI TARQATISHMOQDA

PRESS-TUR: BIZNI MAHALLAMIZGA HAM SUYULTIRILGAN GAZNI KARTALAR ORQALI TARQATISHMOQDA


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Andijon viloyatida gaz ta'minotidagi islohotlar va sohadagi o‘zgarishlar, aholiga bu borada yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar” mavzusida press-tur tashkil etildi.

Press-tur davomida ishtirokchilarga Jalaquduq tumanidagi “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishnig onlayn tizimi haqida ma'lumot berildi. 

Bugungi kunda andijonlik gaz iste'molchilarining 471 mingdan ortig‘ini suyultirilgan gaz iste'molchilari tashkil etmoqda. “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali tomonidan barcha iste'molchilarga bir maromda suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, maishiy gaz ballonlariga shtrix kodli stikerlarni o‘rnatildi va barcha iste'molchilar ID kartalar bilan ta'minlandi. Yil boshidan beri aholiga 35 ming 912 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

“Bizni mahallamizga ham suyultirilgan gazni kartalar orqali tarqatishmoqda,-deydi uy bekasi Ra'noxon Toshmatova. – Avvallari, qo‘shniga pul tashab ketardik yoki plastik kartada pul bo‘lsa, uni naqd pul qilib keyin gazimizni olardik. Mana onlayn tizimga o‘tgandan beri, maxsus kartaga plastikdan pul o‘tkazib, gazimizni o‘z vaqtida olyapmiz..”

Jalaquduq tumanidagi “Bo‘ston” MFYda bugungi kunda 663 nafar suyultirilgan gaz iste'molchilari istiqomat qilishadi. Aholiga “jalaquduqtumangaz” gaz ta'minoti korxonasi tomonidan 690 dona maishiy gaz ballon tarqatilgan. Yil boshidan beri mahallaga 49.7 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati




Report Page