PRESS-TUR: ANDIJONDA “AQLLI” HISOBLAGICHLARNI O‘RNATISH ISHLARI YAKUNLANMOQDA

PRESS-TUR: ANDIJONDA “AQLLI” HISOBLAGICHLARNI O‘RNATISH ISHLARI YAKUNLANMOQDA


 “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Andijon viloyatida gaz ta'minotidagi islohotlar va sohadagi o‘zgarishlar, aholiga bu borada yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar” mavzusida press-tur tashkil etildi.

Press-turda qatnashchilar Buloqboshi tumanidagi “Qumguzar” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishib, “Tabiiy gaz nazorati va hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi” loyihasini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.  

Shuni aytish kerakki, Andijon viloyatida loyiha doirasida tabiiy gaz iste'molchilari xonadonlariga “aqlli” hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari yakunlanmoqda.

Bugungi kunda viloyatda 271 mingdan ziyod tabiiy gaz iste'molchilari xatlovdan o‘tkazilgan. Iste'molchilarning 226 532 nafari hovli uylarda istiqomat qilsa, 45 250 nafari ko‘p qavatli uylarda tabiiy gazdan foydalanadilar. Andijonda gaz hisoblash uskunalarini o‘rnatish ishlari 2020 yilning may oyida boshlangan va bugungi kunda ushbu jarayon o‘z nihoyasiga yetmoqda.

Hozirgacha butun viloyat bo‘yicha 236 mingdan ortiq hisobdonlar o‘rnatildi. Loyihani birinchi bosqichida 221 ming 013 ta hisoblagich o‘rnatilishi belgilangan bo‘lib, loyihani amalga oshirish davomida Andijon viloyatida yana qo‘shimcha 34 mingdan ortiq iste'molchi aniqlandi va shu kunga qadar ularning 15 ming 623 nafariga hisoblagichlar o‘rnatib berildi.

Eng ko‘p iste'molchiga ega  Andijon shahrida 64 217 dona, Asaka tumanida 20 626 dona, Oltinko‘lda 16 267 dona, Andijon tumanida 15 993 dona, Buloqboshida esa 14 405 dona hisobdonlar o‘rnatilgan. Shuningdek, Paxtaobod, Marhamat va Baliqchi tumanlarida 11 mingdan ziyod,  Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 9 601 nafar, Shahrixon tumanidagi 9 601 nafar, Jalaquduq tumanidagi 9 886 nafar, Izboskan tumanida yashovchi 6 597 nafar, Xonobod shahrida 6 392 nafar, Qorasuv shahridagi 5 085 nafar, Ulug‘nor tumanida – 5 780 nafar hamda Bo‘ston tumanidagi 3 097 nafar tabiiy gaz iste'molchilarining xonadonlariga ham “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatilib berildi.

Gaz ta'minoti tizimida eng ilg‘or texnologiyalar va raqamli tizimdan foydalanishni joriy etish barcha uchun, ayniqsa iste'molchilar uchun qulaylik yaratmoqda. “Tabiiy gaz nazorati va hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi” loyihasini tatbiq etish natijasida tabiiy gazni to‘liq, aniq va ishonchli hisobga olinishi ta'minlamoqda, shuningdek, tabiiy gaz ta'minotidagi yo‘qotishlarni kamaytirishga va iste'molchilarning to‘lov madaniyatini oshishiga xizmat qilmoqda. Eng asosiysi, to‘lov tizimida shaffolikni yuzaga keltirib, ta'minotchi va iste'molchi orasidagi ishonchni yanada mustahkamlamoqda.

 “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page