PRESS-RELIZ
"Toshkent" Respublika fond birjasiGeorgiy Otarovich Paresishvili “Toshkent” Respublika fond birjasi Boshqaruv raisi etib tasdiqlandi.
Mazkur qaror, 2023-yil 31-yanvarda Birja aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida bir ovozdan qabul qilindi.
Georgiy Paresishvili o‘tgan yilning sentabr oyidan “Toshkent” RFB rahbari vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan.
Eslatib o'tamiz, uning boshqaruv raisi sifatidagi asosiy vazifalari, mahalliy fond bozorini kapital bozorining xalqaro infratuzilmasiga integratsiyalashuvi, shuningdek, mahalliy kompaniyalarning IPO va SPOlarini o'tkazishga ko'maklashish hamda “Clearstream”, “Euroclear” va boshqa xalqaro kastodianlarni, xorijiy investorlarni O‘zbekistonga kirib kelishini yengillashtirish kabi masalalarni o’z ichiga oladi.