POLSHA DAVLATIDA AKADEMIK MOBILLIK IMKONIYATI

POLSHA DAVLATIDA AKADEMIK MOBILLIK IMKONIYATI

@kokandunipress

 

🇪🇺 ERASMUS+ KA171

POLSHA DAVLATIDA AKADEMIK MOBILLIK IMKONIYATI

📢 QO‘QON UNIVERSITETI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI DIQQATIGA!

Qo‘qon universiteti va Opole University of Technology (Polsha Respublikasi) o‘rtasida Erasmus+ dasturi doirasida tuzilgan Inter-Institutional Agreement (IIA) asosida professor-o‘qituvchilar uchun akademik mobillik imkoniyati e’lon qilinadi. Mazkur hamkorlik Erasmus+ KA171 – Higher Education Mobility between EU Member States and third countries not associated to the Programme doirasida amalga oshiriladi.

🇵🇱 MOBILLIK KVOTASI

Ishtirokchi

Mobillik turi

Kvota

Muddati

👨‍🏫 Professor-o‘qituvchi

Staff Mobility for Teaching (STA)

1 nafar

5 kun

IIAning qo‘shimcha shartlariga ko‘ra, STA mobilligi davomida kamida 8 soat dars berish talab etiladi. Shuningdek, ishtirokchi tegishli sug‘urta qoplamasini ta’minlashi uchun mas’ul hisoblanadi.

 

🎓 QAYSI YO‘NALISH BO‘YICHA?

0710 — Engineering and engineering trades, not further defined.

Muhandislik va muhandislik texnologiyalari yo‘nalishlari bilan bog‘liq professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan.

 

👨‍🏫 KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN?

Qo‘qon universitetining Akademik mobillik to‘g‘risidagi Nizomiga muvofiq, nomzod:

  • Qo‘qon universiteti bilan amaldagi mehnat shartnomasiga ega bo‘lishi;
  • so‘nggi 1 yil davomida jiddiy intizomiy jazoga tortilmagan bo‘lishi;
  • dastur talablariga mos chet tili bilim darajasiga ega bo‘lishi;
  • universitetning so‘nggi KPI baholash davri bo‘yicha qoniqarli yoki undan yuqori natijaga ega bo‘lishi kerak.

🌐 Til talabi

Professor-o‘qituvchilar uchun talab etilgan til darajasi B2.

Opole University of Technology universitetida o‘qitish tillari ingliz tili va polyak tili, B2 darajada ingliz yoki polyak tilini bilish talab qilinadi

 

📊 TANLOV QANDAY O‘TKAZILADI?

Nomzodlar Qo‘qon universitetining Akademik mobillik to‘g‘risidagi Nizomiga muvofiq 100 ballik tizimda baholanadi:

Baholash mezoni

Maksimal ball

Chet tili bilish darajasi

20

Ilmiy yutuqlar

25

Grant/ilmiy loyihalardagi ishtirok

20

KPI natijalari

20

Ilmiy-akademik faollik

10

Kafedra/fakultet tavsiyasi va intervyu

5

JAMI

100

Tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib va zaxira nomzodlar shakllantiriladi.

 

📄 TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR

Professor-o‘qituvchilar uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. Ariza;
  2. CV / tarjimai hol;
  3. Chet tili bilimini tasdiqlovchi sertifikat yoki hujjat;
  4. Ilmiy ishlar/nashrlar ro‘yxati;
  5. So‘nggi KPI baholash varaqasi ko‘chirmasi;
  6. Kafedra/fakultet tavsiyanomasi;
  7. Mobillik davrida o‘quv yuklamasini vaqtincha boshqa xodimga topshirish bo‘yicha tasdiqnoma;
  8. Dastur talab qiladigan boshqa hujjatlar.

📅 Hujjat topshirish muddati:

30.11.2026

 

MOBILLIK DAVRIDA

Tanlangan professor-o‘qituvchi:

  • Opole University of Technology’da 5 kunlik akademik mobillikni amalga oshiradi;
  • STA doirasida kamida 8 soat dars beradi;
  • mobillik dasturi va ish rejasini bajaradi;
  • tegishli Teaching Mobility Agreement asosida faoliyat olib boradi;
  • zarur hujjatlarini rasmiylashtiradi.

 

📌 MOBILLIKDAN KEYINGI MAJBURIYATLAR

Qo‘qon universiteti Nizomiga muvofiq, mobillik ishtirokchisi:

  • qaytgach 10 ish kuni ichida yakuniy hisobot va foto-hisobot topshirishi;
  • qaytgandan keyin 1 oy ichida kafedra/fakultet miqyosida tajriba almashish seminari yoki ochiq ma’ruza o‘tkazishi;
  • xorijda orttirilgan tajriba va bilimlarni universitetning o‘quv-ilmiy jarayoniga joriy etish bo‘yicha takliflar taqdim etishi lozim.

 

📞 MUROJAAT UCHUN

Qo‘qon universiteti

Xalqaro hamkorlik departamenti

👤 Ulug‘bek Mamadaliyev

Xalqaro hamkorlik departamenti boshlig‘i

📧 u.mamadaliyev@kokanduni.uz

👤Shoxruh Saidov

Xalqaro hamkorlik departamenti boshlig‘i

📧 shsaidov@kokanduni.uz

 

Report Page