POLIPROPILEN QOP ISHLAB CHIQARISH LINIYASI (soatiga 1000 dona)

POLIPROPILEN QOP ISHLAB CHIQARISH LINIYASI (soatiga 1000 dona)

"ONE STEP SOLUTION" ХK

https://t.me/OSS_uz

Qadrli hamyurtlar "ONE STEP SOLUTION" jamoasi Siz azizlarga bir - biridan istiqbolli biznes loyihalarni taqdim etishda davom etadi!

Bugun biz sizlarga bozorning eng talabgir mahsulotlaridan biri bo`lgan POLIPROPILEN QOP ishlab chiqarish biznesi haqida batafsil ma`lumot taqdim etmoqchimiz.

Bugungi kunda polipropilen qoplar ishlab chiqarish sanoatining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunday qoplar o`zining universalligi va arzonligi bilan bozorda cheksiz talab miqdorini yaratdi. Ishonavering Siz ushbu biznesni yo`lga qo`ysangiz, aslo afsuslanmaysiz!


Polipropilen qop ishlab chiqarish jarayoni 8 bosqichdan iborat bo`lib, 6 ta asosiy 2 ta qo`chimcha uskuna yordamida amalga oshiriladi.

Quyida biz sizlarga har bir bosqich va uskuna haqida alohida-alohida ma'lumot berib o'tamiz.

1.Xomashyodan qop uchun tayyor lenta olish.

Buning uchun Ektruder uskunasi kerak bo`ladi.

Ushbu uskuna PP (polipropilen) yoki HDPE (yuqori zichlikdagi polietilen) xomashyosini tayyor lenta holiga keltirib beradi. Ushbu dastgoh to`liq avtomatlashgan bo`lib, barcha extiyot qismlari maxsus po`latdan tayyorlangan.

2. Ekstruderdan chiqqan tayyor lenta g`altakka o`rab berish uskunasiga yo`naltiriladi

Bu uskuna tayyor lentalarni o`ram holatiga keltiradi. Ushbu uskunamiz ham to`liq avtomatlashgan bo`lib elektron boshqaruv paneliga ega

3. Tayyor lenta o`ramlari to`quv dastgohiga o`rnatiladi.

Ushbu dastgohdan yassi polipropilen ipni silindr ko`rinishidagi mato holatida to’qish uchun foydalaniladi. Eng so’nggi to’quv va saralashni aniqlash, chiqindilarni kamaytirish tizimi,qulay foydalanish hamda kam quvvat sarfi uskunaning yuqori samaradorligini ta`minlaydi.

Shuni qo`shimcha qilmoqchimizki ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta`minlash uchun sizga ushbu to`quv dastgohidan 10 dona kerak bo`ladi

4. Qopni kesish va tikish jarayoni

To’qilgan qop avtomatik kesish va tikish uskunasiga o`tkaziladi. Ushbu uskuna qopni belgilangan uzunlikda kesadi va tikib beradi. Jarayon to`liq avtomatlashgan bo`lib qop tugashi bilan avtomatik ravishda to’xtaydi. Ushbu uskunaning avtomatik turidan tashqari nisbatan arzon, yarim avtomat turi ham mavjud.

5. Tayyor qopga avtomatik pechat berish jarayoni

Siz ushbu uskuna yordamida mahsulotingiz jozibadorligini va narxini yanada oshirasiz. Albatta oddiy qopdan ko`ra kerakli savdo belgisi urilgan qoplar xaridorlarni o`ziga ko`proq jalb etadi !

Uskuna qoplar hajmini avtomatik hisoblaydi va ranglarni aniq tasvirlaydi. Pechat bosib chiqarishda fotoelektrik texnologiyalar qo’llaniladi.

Mana shu tarzda oddiy xomashyo granulasidan tayyor chidamli va bejirim qoplar tayyorlanadi !

6. Qoplarni bog`lam holiga keltirish

Buning uchun bizga Gidravlik Press uskunasi kerak bo`ladi

Bu uskuna qoplarni bog`lam holatiga keltirib beradi.

Qop ishlab chiqarishdagi asosiy jarayon nihoyasiga yetdi

Endi sizning e`tiboringizga xarajatlaringizni kamaytirib daromadingizni oshiradigan qo`shimcha 2 ta uskunani havola etamiz

  1. Chiqindini qayta ishlash uskunasi

Ishlab chiqarish jarayoni tabiiyki chiqindilardan holi bo`lmaydi. Mazkur uskunamiz yordamida siz chiqindilarni tayyor xom ashyoga aylantirishingiz mumkin. To’quv jarayonida ajralib chiqqan lenta hamda rad etilgan mahsulotlarni, ushbu uskuna yordamida maydalab keyin yana lenta ekstruder liniyasi uchun tayyor xomashyo sifatida ishlatishingiz mumkin.

2. Xomashyo mikseri

Ushbu uskuna lenta ekstruder uskunasi uchun xomashyoni quritish va aralashtirish uchun ishlatiladi.

Umumiy ma`lumot

Ishlab chiqarish liniyasining jami og`irligi: 37600 kg

Ishchi maydon: 600 - 650 kv/m balandlik: 3-3.5 m

Ishchi kuchlanish: 380 v

Jami elektr sarfi: 176 kw/soat

Ishchi kuchi: doimiy 16 kishi

Ishlab chiqarish quvvati: o`rtacha 1200 dona/soatiga

Ishlash samaradorligi: 1000 kg xomashyo / 25 000 dona qop

Mana, ishlab chiqarish jarayoni va uskunalarimiz haqida batafsil ma`lumotga ega bo`ldingiz ! Albatta Sizda ushbu loyihaning iqtisodiy foydasi haqida savol paydo bo`lishi tabiiy. Keling savolingiz javobini birgalikda izlaymiz!

Ushbu liniya sutka davomida 24 soat ishlash imkoniga ega, lekin keling biz barchasini o`rtacha 16 soat, bir oyda 26 ish kuni kesimida xisoblab chiqamiz.

O`zbekiston bozorida hajmi 500*900 mm, og`irligi 40 mg. lik qoplar eng xaridorgir hisoblanadi. Agarda siz 16/26 rejimida ishni tashkil qilsangiz 1 kunda shunday qopdan 19 200 , 26 kunda 499 200 dona chiqara olasiz! Bozorda bu hajmdagi oddiy (pechat urilmagan) qopning ulgurji narxi donasiga 800 so`mni tashkil qiladi.

Bu 1 oyda 399 360 000 daromad demakdir !

Endi daromaddan xarajatlarni chiqarib tashlash orqali foydani hisoblaymiz.


Xomashyo - 26 kunda 16.64 tonna kerak bo`ladi (416 000 dona qop uchun) bugungi kunda O`zbekistonda PP/HDPE xomashyosining 1 tonnasi uchun birja narxi 8 800 000 so`mni tashkil qiladi.

Demak 1 oylik xomashyo xarajati 16.64*8 800 000 = 146 432 000 so`m

Elektr energiyasi sarfi - 1 soatda 176 Kw 16 soatda 2816 Kw 26 kunda 73216 kw

O`zbekistonda yuridik shaxslar uchun 1 Kw elektr energiyasi narxi 450 so`mni tashkil qiladi

Demak 1 oylik elektr energiyasi xarajati 69888*450 = 32 947 200 so`m

Ishchi kuchi - ushbu liniya uchun 16 nafar doimiy ishchi kuchi talab etiladi, ishning 16 soat davom etishini hisobga olib ish vaqtini 2 smenaga bo`lsak 32 nafar hodim yollashingiz kerak bo`ladi. 32 nafar hodimga kunlik 50 000 so`mdan haq to`lasangiz

Demak 1 oyda ishchi kuchiga 32*50 000*26 = 41 600 000 so`m xarajat qilinadi.

Soliq va boshqa ehtimoliy xarajatlar: o`rtacha daromadning 6 % miqdorida hisoblanadi 399 360 000 * 6% = 23 961 600 so`m

Demak 1 oylik soliq va boshqa xarajatlar o`rtacha 23 961 600 so`m

1 oylik daromad: 399 360 000 so`m

1 oylik xarajat: 244 940 800 so`m

1 oylik sof foyda: 154 419 200

Demak yillik jami foyda: 1 853 030 400 so`mni tashkil etadi !

Yana shuni qo`shimcha qilmoqchimizki, biz foydani 16/26 ish rejimida hisobladik, sizda ish rejimini 24/30 ga chiqarish imkoniyati mavjud, bu esa yana ham ko`proq foyda degani !

Yuqorida keltirilgan narxlar QQS siz, 17.03.2020 sanadagi narxlarga muvofiq ko'rsatilgan va ular o'zgarishi mumkin !

Toʻlovlarni bankdagi xisob raqamlarimiz - (soʻm / chet el valyutasi), milliy yoki xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Xaridorlar uskunalarini Toshkent yoki Navoiy shahridagi omborlarimizdan qabul qilib olishlari mumkin.

(Oʻrnatib berish va O'zbekiston bo'ylab yo'l xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

"ONE STEP SOLUTION" - BIZ BILAN HAMMASI OSON !

Murojaat uchun:

Direktor: Ulug'bek Xolmurodov

+99 8 94 225 00 08

Savdo agenti: Firdavs Fayzullayev

+99 8 93 344 04 04

Savdo agenti: Nodirbek Murodov

+99894 484 00 08

Savdo agenti: Yodgor Abdullayev

+99891 337 08 00

Sayt: https://dastgoh.uz

Email: trade.china1@bk.ru

Telegram kanal: https://t.me/OSS_uz


Manzil: Navoiy shahar, A.Navoiy ko'chasi, 46 uy

Moʻljal: Istiqlol to'yxonasi ro'parasida. 










Report Page