PLASTIK SAVATCHALAR ISHLAB CHIQARISH

PLASTIK SAVATCHALAR ISHLAB CHIQARISH


"ONE STEP SOLUTION" XK March 25, 2020

Bilasizmi ?! Har yili Yurtimizda 3 million tonnadan ortiq meva va sabzavotlar yetishtiriladi, shundan 1 million tonnadan ortiq qismi eksport qilinadi. Jahon bozorida mahsulotlarimizga bo`lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Xo`sh bunday imkoniyatdan qanday foydalanish mumkin? Javob oddiy - "ONE STEP SOLUTION" jamoasi bilan birga Tadbirkorlikni boshlang! Biz Tadbirkorlar uchun doimo yordamga tayyormiz ! Talablardan kelib chiqqan holda bugun sizlarga meva va sabzavotlar uchun plastik savatchalar ishlab chiqarish biznesini taklif etmoqchimiz.


PLASTIK SAVATCHALAR turli mahsulotlarni tashishda, saqlashda va boshqa bir necha maqsadlarda ishlatiladi. Bunday savatchalar o`zining qulayligi, сhidamliligi va arzonligi bilan boshqa turdagilardan farq qiladi. Ayniqsa meva - sabzavotlar savdosida plastik savatchalarning o`rni beqiyos.

Quyida biznesingizni boshlash uchun zarur barcha ma`lumotlarni taqdim etamiz.

XOMASHYO

Istalgan turdagi polimer maxsulotlarni (PP, PE, PC, PPSU, TRITAN, ABS, PS) plastik savatchalar uchun xomashyo sifatida ishlatish mumkin. Istasangiz yangi, granulali xomashyo sotib oling, bu borada ham Sizga yordam berishimiz mumkin, lekin biz sizga polimer chiqindilarni qayta ishlashni maslahat beramiz. Siz bu bilan ham xarajatlaringizni tejaysiz ham ekologiya muhofazasiga hissa qo`shgan bo`lasiz.

Granulali yangi polimer xomashyosining bozordagi ulgurji narxi tonnasi uchun o`rtacha 900 $ tashkil etadi.

Qayta ishlangan xomashyo esa sizga ko`pi bilan tonnasiga 300 $ ga tushadi !


USKUNALAR

  1. Plastik maydalash uskunasi (drobilka)

Ushbu uskuna turli polimer (plastmass) chiqindilarni maydalab sizga zarur xom ashyo tayyorlab beradi.

2. Aralashtirish uskunasi (Mikser)

Ushbu uskuna drobilkadan chiqqan xomashyoni aralashtirish uchun ishlatiladi. Aralashtirish xomashyo sifatini oshirishga yordam beradi.

3. Quritish uskunasi (sushilka)

Ushbu uskunadan xomashyoni quritib olish maqsadida foydalaniladi

4. Termoplast uskunasi

Ushbu uskuna to`liq avtomatlashgan bo`lib plastik savat ishlab chiqarishda eng asosiy vazifani bajaradi.


Quyida termoplast uskunasining ishlash mexanizmi

5. Sovutish Uskunasi (Chiller)

Ushbu uskuna boshqa uskunalarni sovutish orqali liniyaning ortiqcha qizib ketmasligini ta`minlaydi.

USKUNALAR HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT

Kerakli ishchi maydoni: 75 m/kv

Kerakli ombor maydoni: 150-200 m/kv

Umumiy og`irlik : 15 480 kg

Umumiy elektr sarfi : 87 kw/soat

Umumiy kuchlanish: 380V / 50 Hz

Umumiy ishchi kuchi: 3 kishi

Tavsiya qilingan ishlash vaqti: kuniga 16 soat

Umumiy samaradorlik: 99.6 % (Chiqindi 0.04%)

Umumiy ishlab chiqarish quvvati: Soatiga 100 kg

Quyidagi o`lchamdagi savatchalar bozorda eng xaridorgir sanaladi.

30 sm *40 sm *11.5 sm - og`irligi 0.4 kg ulgurji narxi - 4500 so`m

30 sm *40 sm *17 sm - og`irligi 0.5 kg ulgurji narxi - 5000 so`m

60 sm *40 sm *10 sm - og`irligi 0.85 kg ulgurji narxi - 7500 so`m

Ishlab chiqarish uchun barcha zarur ma`lumotlarni aniqlab oldik. Endi mazkur ma`lumotlar asosida loyihadan ko`zlangan foydani hisoblab chiqamiz.

BIZNES REJA

Daromad: 1 Oylik

Agar siz har kuni 16 soat davomida ishlab chiqarishni tashkil qilsangiz jami hisobda 1 oy davomida 48 000 kg xomashyoni qayta ishlaysiz bu 30 sm *40 sm *17 sm o`lchamdagi plastik savatchalardan 96 000 dona ishlab chiqarasiz degani.

96000 * 5000 = 480 000 000 so`m


Xarajat: 1 Oylik

Xomashyo: 48000 kg* 2880 so`m (tonnasi 300 $)= 138 240 000 so`m

Elektr sarfi: yuridik shaxslar uchun 1 kw elektr ernergiyasi narxi 450 so`m

( 87 kw * 16 s) = 1392 kw * 30 kun = 41760 kw *450 = 18 792 000

Ish haqi : davlat tomonidan belgilangan eng kam ish haqi 679 330 so'm.

Har bir ishchiga 2 720 000 so`mdan (EIH ning 4 barobari miqdori)

3 * 2 720 000= 8 160 000

Soliq va boshqa to`lovlar : 28 800 000 (daromadning 6 % miqdorida)

jami: 193 992 000 so`m


Foyda: 1 yillik

480 000 000 - 193 992 000 = 286 008 000 * 12 oy

3 432 096 000 so`m !


O`zingiz guvohi bo`lganingizdek, ushbu soha eng serdaromad sohalardan biri. Ishonavering, bu biznesni yo`lga qo`ysangiz ko`pi bilan 3 oy ichida barcha xarajatlarni qoplab foyda hisobiga chiqasiz !

Yana shuni qo`shimcha qilmoqchimizki Siz ushbu uskunalarni xarid qilish orqali kelajakda biznesingizni yanada kengaytirishingiz mumkin. Sababi ushbu uskunalar nafaqat plastik savatlar, balki istalgan turdagi plastmass buyumlarni ishlab chiqara oladi. Buning uchun esa shunchaki Termoplast qolipini o`zgartirsangiz kifoya!

Qoliplarni Sizning xohishingizga qarab keltirib berishimiz mumkin!

Qoliplar narxi turiga qarab donasi 12000$ dan -26000 $ gacha.

Yuqorida keltirilgan narxlar QQS siz, 25.03.2020 sanasiga muvofiq ko'rsatilgan va ular o`zgarishi mumkin !

Toʻlovlarni bankdagi xisob raqamlarimiz - (soʻm / chet el valyutasi), milliy yoki xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud !

Uskunalarni Toshkent yoki Navoiy shahridagi omborlarimizdan qabul qilib olishingiz mumkin!

(Oʻrnatib berish va O'zbekiston bo'ylab yo'l xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

"ONE STEP SOLUTION" - BIZ BIZNESINGIZ RIVOJI TARAFDORIMIZ !

Murojaat uchun:

Direktor: Ulug'bek Xolmurodov

+99 8 94 225 00 08

Savdo agenti: Firdavs Fayzullayev

+99 8 93 344 04 04

Savdo agenti: Nodirbek Murodov

+99894 484 00 08

Savdo agenti: Yodgor Abdullayev

+99891 337 08 00

Sayt: https://dastgoh.uz

Email: trade.china1@bk.ru

Telegram kanal: https://t.me/OSS_uz

Manzil: Navoiy shahar, A.Navoiy ko'chasi, 46 uy

Moʻljal: Istiqlol to'yxonasi ro'parasida. 


https://t.me/OSS_uz
https://t.me/OSS_uz
https://dastgoh.uz




Report Page