PLASTIK IDISHLARDAN ENERGIYA OLISH

PLASTIK IDISHLARDAN ENERGIYA OLISH


Ha, to‘g‘ri o‘qidingiz, plastik idishlarni qayta ishlab, yana foydalanishdan tashqari, ulardan elektr energiyasi olish mumkin. Bunda xo‘jaliklarning chiqindilaridan elektr energiyasini generasiya qilishda yonilg‘i sifatida foydalanish mumkin.


Masalan, Shvesiyada 34 ta «chiqindidan energiyaga aylantiruvchi» elektr stansiyasi mavjud. Bu elektr stansiyalarida ko‘mir yoki gaz yoqish o‘rniga axlat yoqib yuboriladi. Albatta, ma’lum saralashlardan so‘ng.

To‘rt tonna axlatdan bir tonna neft, 1,6 tonna ko‘mir yoki besh tonna yog‘och chiqindisidan olinadigan energiyani olsa bo‘ladi. Shvesiyada maishiy chiqindilarning qariyb 49 foizi qayta ishlanadi va 50 foizga yaqini shu kabi elektr stansiyalarida yoqiladi. Mamlakatdagi 10 millionga yaqin aholining uylari sovuq oylarda axlat hisobiga isitiladi. Axlatdan olingan energiya 1,25 million xonadonni isitish va 680 ming uyning elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondirishga yetadi.  Qisqa qilib aytganda, bir nechta samarali choralarni yillar davomida sabr bilan ko‘rib, mamlakatdagi chiqindilar muammosini nafaqat hal qilish, balki undan samarali foydalanishni tashkil etish mumkin. https://t.me/toshvilobodon



Report Page