PHP dasturlash tili - ish bormi o'zi?

PHP dasturlash tili - ish bormi o'zi?


PHP dasturlash tili haqida internetda informatsiya tiqlib yotibdi. Lekin baribir manam o'zimni fikrimni etib ketmasam bo'midi.Ayrim narsalarni ortga qaytarib bo'lmaganday, PHP ni rivojlanishini ortga qaytarib bo'lmaydi.

Nega?

Chunki dunyodagi websaytlarning deyarli 80% ni PHP tashkil qiladi va bu saytlarning barchasini qo'llab quvvatlash uchun dasturchilar kerak.

Shuning uchun PHP da ish juda ko'p. Shuning uchun ko'pchilik o'zini PHP ga uradi va shu dasturchilar kelajakda yana saytlarni PHP da yaratadi. Qarabsizki yana PHP da ish ko'payadi, yana ko'pchilik o'zini PHP ga uradi. Buni ruschada "замкнутый круг" deyishadi.

1. Sayt ko'p - ish ko'p

2. Ish ko'p - yangi PHP dasturchilar ko'p

3. PHP dasturchilar ko'p - PHP saytlar ko'p

4. Yana 1 inchi punktga qaytamiz


https://phpchoyhona.blogspot.com/2023/02/php-dasturlash-tili-ish-bormi-ozi.html

https://t.me/phpchoyhona


Report Page