PETRUSHKA yetishtirish.

PETRUSHKA yetishtirish.

t.me/ykfoundation

    Ahamiyati.   Petrushkaning qadrlanishiga   unda    darmondorilarning,     ayniqsa,­  askorbin kislotasi, mineral tuzlar (kaliy, natriy, kalsiy va boshqalar), xushbo‘y    moddalarning      mavjudligi­dir, ular ovqat ta’mini yaxshilab, ishtahani ochib, ovqat hazm bo‘lishiga yordam beradi. Ularda oqsil, uglevodlar va organik kislotalar mavjud. Ulardan ko‘plari dorivorlik xususiyatiga ega.

Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar. Petrushkani Nilufar, Saxarnaya, Novas kabi navlari ekiladi.

Urug‘ tanlash. Petrushka urug‘i toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi, butun bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi.

Yerni tayyorlash. Ko‘kat ekinlar uchun yuqori unumdor, mexa­nik tarkibiga ko‘ra yengil va o‘rtacha tuproqlarni tanlash maqsad-ga muvofiq. Yer o‘tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o‘tlardan tozalanadi. 1 sotixga 150–200 kg (10 sotixga 1,5–2 tonna) chirigan go‘ng solinadi.

Petrushka qisqa muddatda yetilishini inobatga olib go‘ng so­ lish bilan birga 1 sotix maydonga 1 kg azotli, 1 kg fosforli, 0,5 kg kaliyli o‘g‘it solish zarur. Yer 20–25 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanib, yaxshilab tekislanadi va sug‘orish egatlari olinadi.

Ekish muddati va sxemasi. Ertagi hosil olish uchun petrushka urug‘lari kuzda yoki erta bahorda ekiladi. Urug‘lar erta bahorda 15 fevraldan 10 martgacha sepiladi. Kuzda sentyabrning ikkinchi yarmi–oktabr oyida ochiq dalaga lentasimon usulda 2–3 qator qilib yoki sochma usulda ekiladi. Urug‘ sarfi 1 sotixga 50–60 g. Urug‘lar sepilgandan keyin xaskash bilan tuproqqa aralashtiriladi.

Parvarishlash. Maysalar unib chiqqandan 10–12 kun o‘tgach birinchi marta va 2–3 hafta o‘tgach ikkinchi marta yagana qilinadi. Bunda o‘simliklar orasi 3–5 sm bo‘lishi lozim. O‘simlikni parva-rishlashga – o‘toq qilish, qator oralarini yumshatish, sug‘orish va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlari kiradi.

  Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Petrushka kasalliklarga ancha chidamli salqinsevar o‘simlik hisoblanadi.

Hosilni yig‘ishtirish. Bo‘yi 15–20 sm ga yetgan petrushka o‘simligi erta tongda – kun nisbatan salqinligida o‘tkir o‘roq bilan o‘rib olinadi.

Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 500 gr petrushka urug‘i uchun 220 ming so‘m sarflanadi. Umumiy xarajatlar 1 000 000 so‘mni tashkil etadi. Hosilning bir kilogrammi eng past narxda 3500 so‘mdan sotilganda 3 mln. 675 ming so‘m bo‘ladi. Shunda 10 sotix maydondan 2 mln. 675 ming so‘m sof foyda olish mumkin.

Menyuga qaytish.

Report Page