PESHKU TUMANI MAHALLALARIDA DEPUTATLAR QABULLARI DAVOM ETMOQDA.
https://t.me/peshkuhokimiyatJoriy yilning 14-sentyabr kuni 8-Bog'imuso saylov okrugidan deputat Qosimov Zarshid, 26-Xurram saylov okrugidan deputat Boltayev Farhod, 1-Afshona saylov okrugidan deputat Saidov Nusrat o'zlari saylangan salov okrugida joylashgan Bog'imuso, Xurram hamda Ibn Sino mahallalarida xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G'ayrat Hamidov boshchiligida Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolarning muammolarini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ochiq muloqotlar o'tkazildi.
Bundan tashqari ushbu mahallalarda istiqomat qiluvchi mahalliy aholining taklif va muammolarini o'rganish hamda ushbu muammalarga yechim topish va mas'ul ijrochilarga yetkazish bo'yicha fuqaro qabullari o'tkazildi.
Dastlab deputat Z.Qosimov 8-Bog'imuso saylov okrugida joylashgan Bog'imuso mahallasi Bog'imuso qishlog'ida fuqaro qabulida aholi tomonidan mahalladagi ichki yo'llarni ta'mirlash, o'quvchilarga maktabga qatnovi uchun transport qatnovini tashkillashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga bola puli olishda ko'maklashish, elektr ta'minotini yaxshilash maqsadida sim yog'och va transformator o'rnatish kabi muammo va takliflar bildirildi.
Shuningdek, Xurram mahallasidagi fuqaro qabulida deputat Boltayev Farhod bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar va bu islohotlarning negzida xalq manfaati hamda farovonligi yotganligi xususida gapirdi. Xususan, mahallada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar va istiqbolli rejalar to‘g‘risida aholi vakillari tomonidan takliflar bildirdilar. Bundan tashqari aholi tomonidan mahalladagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, sim yog'och va transformator o'rnatish, yoshlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash kabi muammo va takliflar bildirildi.
Shuningdek, Ibn Sino mahallasidagi fuqaro qabulida deputat Saidov Nusrat mahallada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan takliflar bildirdilar. Xususan, yoshlarga o'z tadbirkorliklarini yo'lga qo'yish maqsadida kredit ajratish, ish bilan ta’minlash, dehqonchilik va bog'dorchilik faoliyatini yo'lga qo'yish maqsadida yer ajratish kabi muammo va takliflar bildirildi.
Fuqaro qabulida asosiy eʼtibor ishsiz fuqarolar, yoshlar bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash kabi muammolarni hal etishda alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, Davlat Rahbarimiz tomonidan tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar, ulardan foydalanish tartibi haqida mahallalarda joriy qilingan hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi lavozimidagi masʼullar bilan hamkorlikda tushuntirish ishlari amalga oshirildi, shu bilan bir qatorda mahalla aholisini qiynab kelayotgan muammo hamda takliflari o‘rganilib, muddat talab qiluvchi murojaatlar tegishli tashkilotlarga ijrosini ta’minlash maqsadida deputat nazoratiga olinib, ijrosi bo'yicha deputat so'rovi yuborilishi belgilandi.
Peshku tumani hokimligi matbuot xizmati