PEDAGOGIKA FAKULTETI 1-BOSQICH TALABALARINING OTA-ONALARI BILAN YIG'ILISH O'TKAZILDI

PEDAGOGIKA FAKULTETI 1-BOSQICH TALABALARINING OTA-ONALARI BILAN YIG'ILISH O'TKAZILDI


2021 yil 6 fevral kuni universitet bosh yig‘ingohida Pedagogika fakulteti 1-bosqich talabalarining ota-onalari bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda fakultet dekani E.M.Muxtorov, o‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i R.Gʻ.Jumayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  31 dekabrdagi   824-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror hamda “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom mazmun mohiyati bilan ota-onalarni tanishtirdi. Shuningdek, Buxoro davlat universitetning odob-axloq qoidalari to‘g‘risida ham targ‘ibot ishlari olib borildi.


BuxDU Matbuot xizmati

Report Page