PEDAGOGIKA FAKULTETIDA “YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH” MAVZUSIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

PEDAGOGIKA FAKULTETIDA “YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH” MAVZUSIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI


29 oktyabr kuni Pedagogika fakultetida Axmad Donish MFY profilaktika noziri A.Kenjayev va talabalar ishtirokida “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda profilaktika inspektori A.Kenjayev so‘zga chiqib, bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarning aksariyati, kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’nan etuk bo‘lib kamol topishlari uchun barcha sharoitlar yaratilib berilayotganini ta’kidlab, bunga javoban esa ularning berilayotgan sharoitlardan oqilona foydalanishi va to‘kis bilim olishlari uchun turli xil salbiy illatlarga qarshi immunitetini mustahkamlab, o‘z maqsadlari yo‘lida bardavom ketishlari zarurligini qayd etdi. Shuningdek, har qanday huquqbuzarliklar va jinoiy xatti-harakatlar sodir etganlik uchun yoshidan va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning tegishli moddalari bilan qonuniy javobgarlikka tortilishi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Pedagogika kafedrasi mudiri SH.Olimov, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning muhim ahamiyati to‘g‘risida fikr bildirib, yoshlarga bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdilar.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.Jumayeva talaba-yoshlarga murojaat qilib, jinoyatga jazoning muqarrarligi, har qanday jinoyat jazosiz qolmasa, ularning soni kamayadi. Lekin bu insonlarni qo‘rquv orqali jinoyat qilishdan to‘xtatish demakdir. Jinoyatning oldini olishning eng ma’qul usuli — bu fuqaroning ongi, ma’naviyatini oshirish orqali erishish ekanini ta’kidladilar. Odamlar qachonki ongli tarzda jinoyat qilishdan qochsa, shundagina jinoyachilikning haqiqatan kamayishiga erishish mumkinligini bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Fakultet dekani N.X.Rajabov so`zga chiqib, barcha talabalarni ogoh bo`lishga chaqirdi. Har qanday huquqbuzarlik ertaga katta jinoyat ko‘chasi tomon yo‘l boshlashi mumkinligini,  sodir etilishi ehtimoli bo‘lgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda  beparvo bo‘lmaslikka  chaqirdi.




Report Page