#PEDAGOGIKA FAKULTETIDA 1-KURS TALABALARI BILAN SUHBAT

#PEDAGOGIKA FAKULTETIDA 1-KURS TALABALARI BILAN SUHBAT

Xumora Zavqiyevna


BuxDU Pedagogika fakulteti 1-bosqich talabalar bilan suhbat olib borildi. Suhbatdan asosiy ko'zlangan maqsad talabalarga modul kridit tizimi tushundirish, uniwork platformasidan ro'yxatdan o'tish shartnoma olish uchun ariza topshirish hamda talabalar turar joyiga joylashish uchun online ariza topshirish.

Shavkat Mirziyoyev tomonidan 8-oktabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonda “respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish va oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish” belgilab berilgandi. 

Shuningdek, 2030-yilga qadar respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasasi (OTM)ning 85 foizi, jumladan, 2020/2021-o‘quv yilining o‘zida 33 ta oliy ta’lim dargohini kredit-modul tizimiga o‘tkazish ko‘rsatib o‘tilgandi.

Kredit-modul tizimi, bu — ta’limni tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash.

Pedagogika fakulteti matbuot xizmati:

https://t.me/Pedagogika_buxdu

Report Page