🚀PDP Kids: Kelajak bizniki, Marra bizniki!
Nilufar Turopova
PDP Kids loyihasi 2019-yilda 🟢// PDP Academy tomonidan bolalarni dasturlash sohasiga olib kirish, ularga dasturlash tushunchalarini sodda va qiziqarli interfaol o'yinlar bilan tushuntirish, soha yuzasidan bolalarda mustahkam fundamental bilim hosil qilish va kelajakda O'zbekiston va chet el miqyosida haqiyqiy IT lider kadrlarni tayyorlash maqsadida PDP Kids loyihasi tashkil etilgan.
😱Bolalarga dasturlash og'irlik qilmaydimi?

Loyihani boshlaganimizda, bizda ham bolalar dasturlashni olib keta oladimi degan ikkilanishlar va ota-onalar tomonidan negativ fikrlar bo'lgan edi. Lekin loyiha qisqa muddatda biz kutganimizdan ham yaxshi natijalar ko'rsatdi. Bolalarning qilgan ishlari, g'oyalari juda hayratlanarli edi. Bolalar dasturlashni yengil qabul qilishadi va kattalarni hayoliga kelmagan g'oyalarni o'ylab topishadi. Ko'pincha akademiyamizda katta guruh o'quvchilari bolalarning qilgan ishlarini ko'rib, bular shu yoshida shunday ishlar qilsa bizga ish qolmaydi deb tashvishlanishadi va yanada yaxshiroq harakat qilishga intilishadi 😂. PDP Kids bolalari nafaqat o'z tengqurlariga balki PDP Academyda o'qiydigan kattalarga ham ana shunday motivatsiya bo'lib kelishmoqda.
Bizning natijalar 😎
Dastavval loyihamiz vizual blokli dasturlash tillariga asoslangan Programming Fundamentals shaklida tashkil etilgan edi. Bolalarning natijalari loyiha rahbarlari va mentorlariga ham katta motivatsiya bo'ldi va natijada PDP kids loyihasida kurslar xilma-xilligi shakllandi.

Bizda mavjud kurslar:
🔹 Scratch Programming Fundamentals
🔹 Mobile Development Fundamentals
🔹 Frontend Development
🔹 JavaScript Project Development
🔹 Python Project Development
🔹 Python Game Development
Ming bor eshitgandan, bir bor ko'rgan afvzal quyida bolalarning qilgan ishlarini keltirib o'tmoqchimiz.
🧩 Programming Fundamentals: Vizual blokli dasturlash tillari
Vizual blokli dasturlash tillari kursimiz dasturlashni endi boshlayotgan 8-12 yoshli bolalar uchun tavsiya etiladi. Bunda bolalar tayyor kod bloklari yordamida dasturlash tushunchalarini vizual, oson va qiziqarli o'rganiz imkoniyatiga ega bo'ladilari.
💻 Python Project Development: Real dasturlash tiliga asoslangan real dasturiy loyihalar
Python Project Development kursi davomida bolalar dunyoning birinchi raqamli dasturlash tili hisoblangan Python yordamida real dasturiy loyihalar ishlab chiqadilar. Loyiha biroz murakkab bo'lganligi sababli 12-15 yoshli bolalarga tavsiya etiladi.
👨👩👧👦 PDP Kids: Farzandlari kelajagini o'ylovchi ota-onalar tanlovi

Loyiha boshida ota-onalar dasturlash kurslarini kompyuter savodxonlik kurslari bilan adashtirishar edi. Bugungi kunga kelib esa nafaqat Toshkent balki O'zbekistonning boshqa viloyatlaridan ham ota-onalar kelib, loyihamizda katta qiziqish bildirishmoqda va farzandlari kelajaklari uchun aynan PDP Kids loyihasini tanlashmoqda. Biz o'zimizning kichik loyihamiz bilan aholi orasida IT va dasturlash sohasi kelajak kasbi ekanligini targ'ib qila olmoqdamizmi demak yaqin kelajakda biz ham katta-katta IT kompaniyalarga ega davlatga aylana olamiz.
Men o'quvchilarimga doimo bir narsani qayta-qayta takidlayman:
Kelajakda O'zbekistonda ham yirik IT kampaniyalar mavjud bo'ladi va uning boshqaruvchilari mening o'quvchilarim, yani sizlar bo'lasizlar.
👩🏻💻 PDP Kids - biz o'z muvaffaqiyatli kelajagimiz, to'g'ri tanlangan algoritmlar ketma-ketligidan iborat ekanligini bilamiz va o'z kelajagimizga ishonamiz.

Farzandingizni bu yilgi ta’tili o'zgacha o’tishini, yani foydali va qiziqarli bo'lishini xohlasangiz, bizning yozgi o’quv kursimizga ro'yhatdan o'ting va dasturlash olami imkoniyatlarini PDP Kidsda shakllantirgan holda unga o'z muvaffaqiyatli kelajagi sari yana bir qadam bosishiga imkon yaratib bering.
Manzil: Shayxontohur tumani, Beruniy ko'chasi, 3A.
Mo'ljal: Chorsu, Florensiya to'yxonasi ro'parasida.
Loyiha haqida qisqacha videolavhani ushbu 👉🏻havola orqali ko'ring
☎️ (78) 777-47-47
👩💻 Eventga ro'yxatdan o'tish 👉🏻 @PDPSupportBot
Kanalga ulanish 👉🏻 @pdpuz