PAYNETdan har kuni pullik sovg'alar

PAYNETdan har kuni pullik sovg'alar


Otabek

Aksiya nomi: "PAYNETdan pullik sovg'alar"

Muddati: 2020 yil 25 maydan (0:00) - 2020 yil 3 iyungacha (23:59) har kuni PAYNETdan sovg'alar o'ynaladi.


Har kuni o'ynaladigan sovg’alar:

3 sovrin har biri 100 000 so'mdan;

3 sovrin har biri 50 000 so'mlik;

3 sovrin har biri 25 000 so‘mdan.


Aksiya yakunida, 4 iyun kuni 1 mln so’mdan 10ta sovrin o’ynaladi. 

Ishtirok etish shartlari: Kundalik o'yinda ishtirok etish uchun Paynet ilovasini yuklab oling va har istagan xizmatingiz uchun kamida 10 ming so'm (bir martalik, kichik to'lovlar qo'shilmaydi) to'lang. Siz g'alaba qozonish uchun imkoniyatga ega bo'lasiz. Kuniga bitta imkoniyat beriladi. Ilovadan foydalanayotganlar va barcha shartlarni bajarganlar avtomatik ravishda aktsiyaning ishtirokchisiga aylanishadi. 

Pul o'tkazmalari to'lov sifatida qabul qilinmaydi va aksiya shartlariga kiritilmaydi. Aksiyada ishtirok etish uchun siz pulni o’tkazish emas, balki istagan xizmatingizga to’lovni amalga oshirishingiz kerak.

Agar siz aksiyaning butun muddati davomida kamida 100 ming so'm to'lagan bo'lsangiz, aksiya oxirida 1 million so'm yutib olishingiz mumkin.


10 kun davomida kamida 100 ming so'm to'laganlar 1 million so'm yutib olishlari mumkin. Mayda to'lovlaringiz 100 ming so'mgacha yig'ilib, sizga 1 imkoniyat beradi. 1 million so'mlik 10 ta g'olib aniqlanadi.

Har kuni bo'lib o'tadigan sovrinlar o'yinining g'oliblari final o'yinida ham ishtirok etishlari mumkin.


26 maydan 4 iyungacha har kuni natijalar e'lon qilinadi (10 kun, shuningdek 4 iyun 1 million so'mlik 10 sovrinning yakuniy o'yini).

Misollar:

1.    Agarda bir kishi ikki martaba 5 ming so’mdan to’lasa - u har kunlik o'ynaladigan lotereya shartlariga tushmaydi;

2.    Agar bir kishi 10 ming to'lasa, u 1 ta imkoniyatga ega bo'ladi, boshqa kishi 100 ming to'lasa u ham har kunlik o'yinlarda bitta imkoniyatga ega bo'ladi;

3.    Agarda 10 kun davomida 10 ming so’mdan 10 marotaba to’lasa jami 100 ming so’m bo’ladi va yakuniy o’yin uchun 1 ta imkoniyatga ega bo’ladi va 1 mln so’m yutush uchun qatnashadi, agarda 100 ming so’mdan 2 marotaba to’lasa ham 1 ta imkoniyatga ega bo’ladi.

Sovg'alar Paynet ilovasidagi bonus kartasiga yuboriladi. Ularni ilovadagi har qanday to'lov uchun ishlatilishi mumkin.

G'oliblar tasodifiy raqamlarni saralash - randomizator yordamida aniqlanadi.

O'yin natijalarini e'lon qilganimizdan so'ng, har bir g'olib aniqlanadi va sovg'alarni olish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Biz g'oliblar uchun ularning nomidan soliq to'laymiz, buning uchun barcha g'oliblar pasport nusxalarini, STIR (ИНН) va ShJPT (ИНПС) raqamlarini taqdim etishlari kerak.


Natijalar e'lon qilinadi:

rasmiy telegram kanalimizda t.me/paynetuz.uz

Instagramdagi rasmiy sahifamizda @paynetuz.uz

rasmiy saytimizda paynet.uz


Tanlov shartlariga muvofiq foydalanuvchilar avtomatik ravishda uning ishtirokchilari hisoblanadi.

Tashkilotchi tanlov shartlarini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.

Report Page