PAXTAOBOD TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASI BOSHLIG‘I NOZIMJON MUXITDINOVNING 21-MART NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI.

PAXTAOBOD TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASI BOSHLIG‘I NOZIMJON MUXITDINOVNING 21-MART NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI.

Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasi Matbuot xizmati

ASSALOMU ALAYKUM AZIZ YURTDOSHLAR!!!!


Mana bugun yurtimizga yosharish yangilanish bayramni kirib keldi. 21 - mart Navro'z ayyomi bilan barchangizni chin yurakdan muborakbod etaman.

Navro'z yangi kun, yangilanish kuni. Ushbu kunda sizga dunyodagi eng ezgu va pok niyatlarni tilab qolaman. Barcha niyat qilgan ishlaringiz amalga oshishida tilakdoshman.

Shunday ajoyib kunda sizga uzoq - umr, sihat - salomatlik, oilangizga tinchlik - hotirjamlik, o'qish va ishlaringizda omad tilayman.

Eng ajoyib bayram Navro'z sizga xursandchilik, quvonch, baxt - omad keltirsin deb niyat qilaman.

Navro'zi olam Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari uchun, butun xalqimiz uchun eng suyukli bayramdir.


Bugun biz yurtimizda mana shunday qutlug' bayramni nishonlash barobarida, butun dunyoda tinchlik va xotirjamlik bo'lishini, uzoq va yaqin barcha davlatlarning xalqlariga taraqqiyot, farovonlik hamda ravnaq tilaymiz.Aziz va muhtaram vatandoshlarim!Barchangizni Navro'z ayyomi bilan yana bir bor tabriklab, o'zimning qalbimdagi eng samimiy tilaklarimni izhor etaman.Navro'zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!

Har bir oila, har bir xonadonda yaxshi kunlar, to'y-tomoshalar ko'p bo'lsin!

Barchamizning ezgu orzu-niyatlarimiz ushalsin!

Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo'lsin!



Yana bir bor bayram muborak bo'lsin!


Paxtaobod tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Nozimjon Muxitdinov


Report Page