PAVEL DUROV'dan hayotiy 17 maslahat

PAVEL DUROV'dan hayotiy 17 maslahat

https://t.me/ovoza

1.O'zingiz yoqtirgan ish bilan shug'ullaning. O'qing. O'qiting. O'sing. Ichki dunyoyingizni o'zgartiring. Oltin qoida esa - o'zingizga ichki hursandchilik olib keluvchi hamda sizni baxtga yetaklovchi ish bilan shug'ullaning.

2. Zararli ovqat, ichimlik hamda chekishdan yiroq yuring.

3. Chet tillarini o'rganing. Internetda o'zbek tilida suhbatlashuvchi millionlab insonlarni uchratishingiz mumkin. Ingliz tilida so'zlashuvchilar esa - milliardlab topiladi. Ingliz tilini bilish - donolar safida bo'lishingiz uchun emas balki hayotiy zaruriyatdir.

4. Kitob o'qing. Oltin qoida - bir haftada bitta kitob o'qing/tinglang. Bu esa bir yilda hayotingizni butunlay o'zgartirib yuboruvchi 50 ta kitob deganidir.

5. Har hafta oxirida dam oling.

6. Maqsad qo'ying, ularni qog'ozda, Word dasturida yoki bloglarda aks ettiring.  Asosiysi, ular aniq, tushunarli va mukammal bo'lishiz zarur. Agarda oldingizga maqsad qo'ysangiz, unga erishasiz yoki yo'q. Agarda qo'ymasangiz, sizda umuman tanlash imkoni qolmaydi.

7. Klaviaturada ko'zingizni yumgan holda harf terishni o'rganing. Vaqt — bu siz egalik qila oladigan eng qimmatbaho ne'matdir, undan to'g'ri foydalanish uchun qanday tez fikr yuritsangiz ularni yozishda ham ana shunday tezlikni ko'rsating. Imlo xatolarini emas balki sizning yozganlaringiz muhimroqdir.

8. Vaqtni nazorat qiling. Ishlaringizni sizning ishtirokingiz ham bajarilishini boshqarishni o'rganing. Boshlanishiga Allen (Getting Things Done) yoki Gleb Arxangelskiyni mutolaa qiling. Tezda qaror qabul qiling, hamda keyinga qoldirmang. Barcha ishlaringizni bajaring yoki birortasining zimmasiga yuklang.

9. Kompyuter o'yinlari, ijtimoiy tarmoqlarda maqsadsiz o'tirish va internetda bekor vaqt sarflamang. Ijtimoiy tarmoqlardagi suhbatlarni qisqaroq qiling, va faqatgina bitta akkauntdan foydalaning. Uyingizdagi televizor antennasini esa axlatga tashlab yuboring.

10. Yangiliklarni o'qishni bas qiling. Ularni o'qimasangiz ham ular haqida atrofingizdagi insonlar muhokama qilishni boshlaydilar.

11. Erta turishni o'rganing. Kunning paradoksi shuki, ertalab tungga qaraganda ko'proq ishga ulgurasiz. Yaxshi mehnat qilgan va yaxshi taom iste'mol qilgan inson uchun 7 soatlik uyqu normal hisoblanadi.

12. Atrofingizga tartibli, rostgo'y, ochiq, aqlli va omadli insonlarni to'plang.

13. Sport bilan shug'ullaning. Yoga, velosiped, turnik, bryus, futbol, yugurish, suzish - inson kun bo'yi sarflagan organizmdagi moddalarni tiklash uchun eng yaqin do'stimizdir. Lift haqida esa butunlay unuting.

14. G'aroyib narsalar bilan shug'ullaning. Hech qachon kirmagan joyingizga kiring, ishxonaga umuman boshqa yo'ldan boring, umuman bilmagan muammolarni hal eting. "Qulayliklar hududi" dan chiqib, bilimingiz hamda dunyo qarashingizni oshiring. Uydagi mebellarni qayta joylashtiring, ko'rinishingizni o'zgartiring, soch turmagi va imidjingizni ham.

15. Keraksiz narsalarni tashlab yuboring.

16. O'tmishdagi voqealarni unuting. U yerdan faqatgina malaka, bilim, yaxshi munosabatlar va ijobiy taassurotlarni olib qoling.

17. Qo'rqmang. Sizning yo'lingizga to'sqinlik qiluvchi hech narsa mavjud emas ularning hammasi sizning o'ylaringizda holos. Mayli jangchi bo'lmang, shunchaki maqsadni ko'ra biling, to'siqlarni yengib o'ting va shuni bilingki ularga harakatsiz yengila ko'rmang.

@OVOZA - zamonaviy va innovatsion

Report Page