Oʻzbekiston mehnat bozori tadqiq qilindi. Shu asosda oʻquvchida kerakli koʻnikmalar shakllantiriladi

Oʻzbekiston mehnat bozori tadqiq qilindi. Shu asosda oʻquvchida kerakli koʻnikmalar shakllantiriladi



O'ZBEKISTON YOSHLARI O'RTASIDA ISHGA JOYLASHISH KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH DASTURI -- yoshlarning imkoniyatlari ko'lamini kengaytirish va ularni O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga muvaffaqiyatli hissa qo'shishlari uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalar bilan ta’minlashga yo'naltirilgan dasturi sanaladi.


Aholisining 60 foizdan ortig'ini 30 yoshgacha bo’lgan qatlam tashkil etuvchi O'zbekistonda yoshlar mehnat bozori va iqtisodiy o'sishga qo'shgan hissasi orqali o'zini yanada takomillashtirish imkoniyatiga ega. Bunday maqsadga erishish uchun mamlakatning o'sib kelayotgan yosh aholi qatlamini hozirgi mehnat bozorida ish o'rinlari bilan ta’minlash yoki yangilarini yaratish, shuningdek, kelajakda mehnat bozorida ularga zarur bo‘ladigan bilim va ko'nikmalarini shakllantirish orqali qo'llab-quvvatlash zarur. 2022-yil yanvar oyida USAID O'zbekiston Xalq ta’limi vazirligi (XTV) bilan hamkorlikda yoshlarni ishga joylashtirish imkoniyatini oshirish maqsadida umumiy qiymati 10 million AQSh dollarini tashkil etuvchi besh yillik “O'zbekistonda yoshlar bandligi va tadbirkorligini rivojlantirish” dasturini ishga tushirdi. Mazkur Dastur 8-11-sinflarda tahsil olayotgan yoshlarni O'zbekiston iqtisodiyotiga malakali ishchi yoki xususiy tadbirkor sifatida kirib borish uchun zarur ko'nikmalar bilan ta’minlashga qaratilgan. Dastur XTV tasarrufidagi ta’lim muassasalarini tamomlagandan so'ng bitiruvchilarni muvaffaqiyatli tarzda mehnat bozorida o'z o'rinlarini topishlarini ta’minlash uchun maktabda va maktabdan tashqaridagi to'garaklarga qaratilgan bo'lib, asosan ayollar, qizlar va invalidligi bo’lgan yoshlarga alohida e’tibor qaratadi.

 

DASTURNING MAQSADI

Dasturning asosiy maqsadi - 8-11-sinf o'quvchilarini maktab va maktabdan tashqari mashg'ulotlarda, shuningdek, amaliy, tajribaga asoslangan o'quv dasturlari va o'quv amaliyotlarining sifati va dolzarbligini oshirish orqali yoshlarni O'zbekistonning mehnat bozorida mahoratli xodim yoki tadbirkor sifatida ishtirok etishi uchun kerakli ko'nikma va vositalar bilan ta’minlashdan iborat.

 

DASTUR VAZIFALARI

1- VAZIFA: MAKTABLARDAGI IQTISODIYOT VA TADBIRKORLIK FANI SIFATINI OSHIRISH 

XTV va O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan xususiy sektor muassasalari bilan hamkorlikda, 8-11- sinflarda foydalaniladigan o'quv dasturlari bilan birga o'quv-metodik materiallari takomillashtiriladi. Shuningdek, bu jarayonga maxsus ta’lim maktablari, ekspert o'qituvchilar va boshqa kasbiy bilimga ega manfaatdor tomonlar jalb qilinadi, chunki imkoniyati cheklangan o'quvchilar odatda O'zbekistondagi umumta'lim maktablariga integratsiya qilinmaydi. Qayta ko'rib chiqilgan o'quv dasturlari randomizatsiyalangan (tasodifiy) nazorat ostidagi sinov doirasida, saralab olingan pilot viloyatlardagi maktablarda aprobatsiya qilinadi.

 

2- MAQSAD: MAKTABDAN TASHQARI ISHGA, TADBIRKORLIKKA, VA “MOSLASHUVCHAN KO'NIKMALAR”GA TAYYORLIK DASTURLARINING SIFATINI YAXSHILASH

Dastur ishga tayyorlik, tadbirkorlik va yumshoq ko'nikmalar (soft skills) bo'yicha darsdan tashqari mashg'ulotlar sifatini yaxshilash uchun XTV hamda xususiy sektorning manfaatdor tomonlari bilan hamkorlikni mustahkamlashda davom etadi. Shu bilan birga, tanlangan pilot hududda mahalliy hokimiyat organlari va jamoatchilik guruhlari bilan hamkorlik yo'lga qo'yiladi. Xususiy sektor istiqboli o'quv dasturlarini ishlab chiqish va dastur faoliyati bilan birlashtiriladi. Bundan tashqari, dastur murabbiylar va mutaxassislar bilan hamohang ish olib borish orqali yoshlarning amaliy bilim olishi maqsadida imkoniyatlar yaratish uchun O‘zbekistonda xususiy sektor bilan hamkorlikni rivojlantiradi va samarali yo'lga qo'yadi.

 

3- MAQSAD: YOSHLARNI QO'LLAB-QUVVATLASH VA JALB ETISH UCHUN QULAY SHAROITLARNI KENGAYTIRISH 

Dastur yoshlar, ayollar va qizlar, shuningdek, invalidligi bo’lgan shaxslarga o'z faoliyatining boshida ijobiy ta’sir ko'rsatadigan munosabat va xulq-atvorni shakllantirishga qaratilgan. Mazkur maqsad doirasidagi barcha tadbirlar tanlangan pilot hududdagi shaxslarning quyidagi guruhlari xususan, 8-11-sinf o'quvchilari, ularning ota-onalari, o'qituvchilar va murabbiylar, shuningdek, ish beruvchilar o'rtasida xatti-harakatlarni o'zgartirishga qaratilgan.: Shuningdek, xususiy tadbirkorlar va tadbirkorlarning keng doirasi faol ishtirok etib, bunda asosiy e’tibor XTV va boshqa xususiy sektor vakillari bilan barqaror munosabatlar va aloqa mexanizmlarini o'rnatishga qaratiladi. Dastur hukumat bilan maqsadli hamkorlik qilish orqali siyosiy yoki protsessual darajadagi o'zgarishlar uchun katalizator bo'lishni maqsad qilgan.


USAIDning O'zbekiston yoshlari o'rtasida ishga joylashish ko'nikmalarini shakillantirish dasturi xalqaro ta’lim bo'yicha Amerika kengashlari (yetakchi tashkilot), World Learning, Tech4Impact, Sharoit Plus, shuningdek, Ergo Analytics kabi hamkorlar konsorsiumi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Hozirda loyiha doirasida Oʻzbekiston mehnat bozori tadqiq qilinib 8 ta sektor tanlab olindi. Shu asosda oʻquvchida qaysi ko'nikmlar shakllantirilishi kerakligi aniqlandi. Bu haqida batafsil 10-12-avgust kunlari loyiha ishtirokchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan tajriba almashinuv seminarida eʼlon qilinadi.



Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram |Facebook |Instagram




Report Page