Oʻzbekiston davlat xizmatchilarining Germaniya Federativ Respublikasining Bavariya oʻlkasiga rasmiy tashrifining ikkinchi kuni...
HSS Usbekistan✍️Kun Hanns Zaydel jamg'armasi Bosh kotibi janob Oliver Yorg bilan uchrashish bilan boshlandi, shuningdek, "Jamoatchilik bilan aloqalar, volontyorlik, ritorika" bo'limi boshlig'i Karin Kamleiter xonim bilan ham uchrashildi, ushbu uchrashuvda kommunal ishlar va volontyorlik sohasidagi masalalar muhokama qilindi.
So'ngra Myunxen tuman hokimi Kristof Göbel bilan tanishtiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda tuman taqdimoti bo'lib,
tuman hokimligi tuzilmasi haqida so‘z yuritildi, tuman hokimining vazifalari, zaruriy malakasi hamda tuman hokimligi tarkibida iqtisodiy rivojlanish haqida so'z bordi.
Kunning ikkinchi yarmida Myunxen Savdo-sanoat palatasining Markaziy Osiyo bo’yicha mas'ul xodimi doktor Jutta Albrecht bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Myunxen Savdo-sanoat palatasining vazifalari, Germaniya-Bavariya hamda Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar muhokama qilindi. Tadbir davomida Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan Oʻzbekistonning iqtisodiy va investitsion salohiyati haqida taqdimot qilindi.