Oʻzbek milliy raqslari

Oʻzbek milliy raqslari

🌸UzbT 4-A Gulzoda Orazbayeva🌸

”DILXIROJ", Dilharosh (fors. — dilni tirnovchi) — oʻzbek, uyg'ur va tojik xalqlarining mumtoz raqs kuyi. Bosh ohangi rivojlanishi jarayonida peshrav uslubi yetakchi oʻrin tutadi. Dilxirojning ommabop yallalarga yaqin ashula yoʻli ham mavjud boʻlib, Tojikistonda "Siynaxurush" deb yuritiladi. Lad va kuy-ohang asoslari Buzruk maqomi yoʻllariga yaqin. Dilxiroj rivojining yuqori qismida "Zebo pari" avji ishlatilgan.

https://youtu.be/0DwVX6Egv3ksi=OZXiDHq8O8X_cCEX

Andijon polkasi — oʻzbek xalq cholgʻu kuyi va aynan shu nomdagi raqs. 20-yillardan boshlab andijonlik sozanda va aktyor Orif Garmon Toshmatov talqinida ommaviylashgan. Andijon polkasi 2/4 (yoki 4/4) musiqa oʻlchovi, odatda sof major tonalligi, shoʻx siyrati bilan ajralib turadi. U, bir tomondan oʻzbek mumtoz kuylari (masalan, „Navo charxi“)ga, ikkinchi tomondan esa boshqa xalqlar (jumladan rus) folklori namunalariga ohangdosh. Andijon polkasi surnay, qoʻshnay, shuningdek garmon tovushqatoriga xos diatonik tuzilmalari, odat tusidagi kuy yoʻnalishlarini oʻzida uygʻunlashtirgan. Andijonda „Andijon polkasi“ xalq raqs ansambli tashkil etilgan (1957).

https://youtu.be/U3Hs5hNjOXosi=LIkVaKZk-IYp4N_l


"Муножот" раксининг мавзуси, инсон хислари унинг хаётидаги мухим вокеаларга асосланиб яратилган.Кимнинг хаёлига келибди дейсиз, режиссёрнинг: "Харам сахнасида ракс керак", деган куруккина курсатмасидан кейин Мукаррама "Илонлар ракси" ни уйлаб топади деб? - дейди А.Ф.Козловский.Х,озирги кунда Узбекистон давлат хореография академиясида «Узбек раксини урганиш услубиёти» фанида «Муножот» раксида ижро этилган ракс харакатлар яъни "илон" ракс харакати талабалар томонидан муваффакиятли урганилиб келинмокда.

https://youtu.be/K9qHWMoq0KEsi=51w6BE5I90wZXZLC

"Pilla” – ayollar ijro etadigan milliy raqslardan biri. Raqs syujeti juda oddiy: unda ipak qurtini boqish, pillani yig‘ib olish va bundan ipak tayyorlash jarayoni aks etadi. Raqqosa asar oxirida ipakdan to‘qilgan shoyi (harir) ro‘molni doirachi beliga bog‘lab qo‘yadi. Darvoqe, “Pilla” raqsi faqat doira jo‘rligida ijro qilinadi. Raqs uchun doira usullarini ustoz doirachi Usta Olim Komilov 1934-yilda yaratgan. Shu o‘rinda Usta Olim Komilov, To‘xtasin Jalilov va Tamaraxonimning 1935-yil 17–19-iyulda Londonda bo‘lib o‘tgan xalqaro folklor festivalidagi ishtirokini eslab o‘tish joiz. Royal Albert Xoll sahnasida usta Olim Komilov va Tamaraxonim Britaniya jamoasini hayratda qoldirib “Katta o‘yin”, “Gul o‘yin, “Qari navo” bilan bir qatorda “Pilla” raqsini ham ijro etishgan paytda tomoshabinlar orasida qirol Jorj V va qirolicha Meri ham bor edi.

https://youtu.be/DbH9oX77hGgsi=Bq30A59EZWTKE987


Katta oʻyin — Fargʻona raqs maktabiga xos qad. professional mumtoz raqs turkumi va ijro usuli. Ulkan syujet, hayotbaxsh chuqur mazmunga ega boʻlgan K. oʻ. turkumidagi raqslarda lirik, qahramonlik va hayotiy mavzular aks ettirilgan. K. oʻ.da har biri alohida mazmun va ijrochilik uslubiga ega boʻlgan 60 dan ortiq raqs usuli mavjud boʻlib, ular asrlar davomida takomillashib borgan. Bizgacha bir necha usuli yetib kelgan: dildir, qoʻshqars, yakkaqars, oʻtish qismi, shoh, oqsatma, gul oʻyin, jilva rezi, ducharx, duchava, chorqars, usuli haqqoniy, zang oʻyin va b.


Tanovar(fors. jasur, qudratli, kuchli) xalq lirik kuyi; Fargʻona vodiysida keng tarqalgan. Oʻn beshdan ortiq ashula va cholgʻu yoʻllari maʼlum. Ashula yoʻllaridan ommaviylashgan "T.1" xalq sheʼri ("Qora sochim") bilan, "T.2" Muqimiy sheʼri ("Endi sendek...") bilan aylatiladi. T. ashulalarida oʻzbek ayolining maʼnaviy goʻzalligi oʻz aksini topgan. T.ning cholgʻu yoʻllaridan "Gulbahor" kuyi bilan ketma-ket ijro etiladigan varianti ommaviylashganT. kuyining turli yoʻllari asosida ijro etiladi, 1943-yil M. Turgʻunboyeva saxnalashtirgan T. raqsi keng tarqalgan. Unda oʻzbek qizining sevgilisi bilan uchrashish va visolga yetishi mukarrarligi aks ettirilgan.

https://youtu.be/TeXDXybq5Ewsi=DT-xcwLSg27SsVVH

Report Page