OʻQITUVCHILAR QIDIRILMOQDA!

OʻQITUVCHILAR QIDIRILMOQDA!



🔎 OʻQITUVCHILAR QIDIRILMOQDA!


Khan Academy Oʻzbek loyihasiga videodars yaratish uchun quyidagi fanlardan oʻqituvchilar kerak (fanlar roʻparasidagi havola orqali kurs mundarijasi bilan tanishishingiz mumkin):


⬡ Ko‘p o‘zgaruvchili hisob (multivariable calculus) — bit.ly/2QJviiF

⬡ Statistika va ehtimollar nazariyasi — bit.ly/31pPIPY

⬡ Makroiqtisodiyot — bit.ly/3m5mzmv

⬡ Moliya va kapital bozorlar — bit.ly/2PHprtB

⬡ Tibbiyot — bit.ly/31w3y38


TALABLAR:

– Sohadagi chuqur bilim va malaka;

– Oʻzbek tilida ravon nutq va ingliz tilini (yaxshi darajada) bilish;

– Qiziqarli va interaktiv dars oʻta olish va kompyuterda ishlash;

– Shijoat, masʼuliyat va intizom.


❗️Darslar Toshkentdagi ofisimizda yozilishi sababli nomzodlar poytaxtda yoki Toshkent viloyatida istiqomat qilishlari maqsadga muvofiq. 


ISH SHAROITI:

– Nollari koʻp ish haqi 😅;

– Moslashuvchan ish jadvali;

– Shahar markazida qulay ofis;

– Koʻk choy va shirinliklar 😊.


❗️Darslarni asosiy ishingizdan uzluksiz ravishda haftada 7 kun soat ertalab 06:00 dan 00:00 oraligʻida yozish imkoni mavjud. Videodarslarni yozish boʻyicha 1,5-2 haftalik trening tashkillashtiriladi va ular uchun ham nomzodlarga haq toʻlanadi.


🎬 Namuna videolar: @kau_kurslar

📌 Ariza topshirish: bit.ly/2shumG0


📞 97 262-4030

✏️ @khanacademyuzbek_teachers

📩 team@bilimonlayn.uz


🎁 Oʻqituvchilarni topishda koʻmaklashganlarga sovgʻalarimiz bor ;)

Report Page