“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ da yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratilmoqda

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ da yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratilmoqda


Oxirgi yillarda yo‘lovchi tashish xo‘jaligida bo‘layotgan o‘zgarishlar qatorida, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish hamda, Jahon andozalariga mos ravishda raqamli texologiyalardan foydalanib, chipta rasmiylashtirishni to‘liq raqamlashtirishga bosqichma-bosqich o‘tilib kelayotganligi, bu borada statistika ma'lumotlariga ko‘ra Samarqand viloyatida yo‘lovchi poyezdlariga rasmiylashtiriladigan chiptalarning 60% mobil ilova yoki sayt orqali elektron tarzda yo‘lovchilar tomonidan xarid qilib kelinayotganligi munosabati bilan, Samarqand shahri Bo‘stonsaroy hamda Beruniy ko‘chalarida joylashgan chiptaxonalar faoliyati susayganligi, chiptaxona faoliyati texnologik jarayoni talablariga mos kelmayotganligi bois ushbu chiptaxonalar faoliyati to‘xtatilib, Samarqand vokzalida joylashgan 6 ta chiptaxonaning 1 tasi temiryo‘lchilarga xizmat ko‘rsatuvchi chiptalar byurosi, 3 tasi jismoniy shaxslar (barcha fuqarolarga) 1 tasi yuridik tashkilotlarga chipta rasmiylashtirish, 1 tasi yo‘lovchilarga ma'lumot uzatish nuqtalarini tashkillashtirish reja qilingan bo‘lib, hozirgi kunda barcha rejalashtirilgan nuqtalar ishga tushirilgan.


Shuningdek, Prezidentimizning 2024-yil 15-16 fevral kunlari Andijon viloyatiga va 25-26 mart kunlari Namanga viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida:

2024-yilning 16-may kunidan boshlab 6351/6352-sonli “Namangan — Pop — Chodak — Pop — Namangan” yo‘nalishida har kuni shaharlararo poyezd harakati qo‘yildi;


2024-yilning 3-iyun kunidan boshlab 129/130-sonli “Andijon — Termiz — Andijon” yo‘nalishida haftaning har dushanba va seshanba kunlari qo‘shimcha qatnovi qo‘yildi;


2024-yilning 3-iyun kunidan boshlab 94/92-sonli “Toshkent — Qo'qon — Andijon — Qo'qon — Toshkent” yo‘nalishida haftaning har dushanba va yakshanba kunlari qo‘shimcha qatnovi qo‘yildi;


2024-yilning 6-iyun kunidan boshlab 128/127-sonli “Andijon — Namangan — Samarqand — Buxoro — Qo‘ng‘irot — Andijon’ yo‘nalishida haftaning har payshanba va shanba kunlari qo‘shimcha qatnovi qo‘yildi.


Report Page