Ozorlarni yuving!
https://t.me/taskinkitob
"Iymon va huzun" kitobidan qalbga malham iqtiboslar:
Yo‘ldan ozorni olib tashlash iymondan hisoblansa, fikr va qalbdagi ozorni ketkazish haqida nima desa bòladi?
Ehsondagi baraka, ehsonning qiymati bilinsada rizqning qiymati bilinmasligidir...
Xasis boy bu dunyoda kambag‘allardek yashaydi, oxiratda esa boylardek hison beradi...
Agar siz haromga erishish oson zamonda yashayotgan bo‘lsangiz bilingki, Allohdan qo‘rqqanga juda katta savob beriladigan zamonda ham yashaysiz...
Yengilik ikki qiyinchilikni o‘rtasida bo‘ladi...
Ikki tomongayam tegishli haqiqat: hech narsa davomli bo‘lmaydi...
Bir insonni ozgina narsaga juda xursand bo‘lib yoki ozgina narsaga juda hafa bo‘lib ketishi uning qalbi zaif ekanligini bildiradi...
Sinovlar bo‘lmaganida Robbimizning huzuriga quruq qo‘l bilan borgan bo‘lardik...
Sukut gapirishdan ko‘proq kuch talab etadi...
(endi aytingchi kim kuchliroq ekan?)
Ba’zilar "Duo qilishdan boshqa ilojimiz qolmadi", deyishadi. Vo ajab! Aslida bundan ko‘ra kuchli narsa bormi dunyoda?!
Kimni g‘ami Islom bo‘lmasa Uning o‘zi Islom uchun g‘amdir...
Tuproq ostidagi hotirjamlik tuproq ustidagilarni hotirjam qilish evazidir...
Havotir orom kursiga o'xshaydi, harakatlanasanu hech qayerga jilmaysan...
Amri mahol deb, Alloh peshonangga yozmaganu, sen harakat qilib charchamaydigan ishga aytiladi...
Kam berganingdan hijolat bo‘lma! Yo‘qchilik bundanda kamdir...
Mal’un iblis birgina sajda sababli Allohning rahmati-yu jannatidan quvilgan ekan, kuniga besh vaqt namozni tark qilgan kishining ahvoli qanday bo‘larkin?!
Namozni o‘z ixtiyorim bilan o‘qimayapman, deb xomtama bo‘lma. Achchiq haqiqat shuki, Alloh sen bilan uchrashishni yoqtirmayapti...
Kimki bilganiga amal qilsa, Alloh unga bilmaganini bildiradi...
Insonni ko‘rganlaringdan iborat deb bilma. Haqiqatning surati ichidadir, tashi shunchaki — manzara...

Ro‘za — ko‘ngil ko‘zini ochish uchun, jismni ko‘r qiladi.
Qachonki jarohatimizdan shikoyat qilsak, undan battarog‘i bilan imtihon qilindik. Shuning uchun ham "Tavakkul yaxshidir" deydigan bo‘ldik...
Foniy bo’lgan ishq yo’qdir. Ishqlarning bari boqiydir. Farqi shuki, kimdir san’atkorning san’atini ko’rur, kimdir san’atkorning o’zini.
Alloh uzr bilan kelgan kimsani ham qabul qiladi, qanday qilib endi Unga intilgan bandasidan yuz o‘girsin?!
Iymon isbot istar!
Ko‘pga ega bo‘lsang molingdan ber, ozga ega bo‘lsang qalbingdan...
Yuraging toshni teshgulik bo'lib yig'layotganida bilginki, Alloh ko'z yoshlaringni sanayabdi. Hayot to'xtab qolganday, vaqt zararingga yurayotganday bo'lsa, bilginki, Alloh seni kuzatib turibdi. Orzularing yakson bo'lib, umidsizlikka tushsang va o'zingni nega bunday bo'ldi deb tinmay so'roqqa tutayotgan bo'lsang, bilginki, Alloh javobini biladi. O'ziga tavakkal qilsang, aslo tashlab qo'ymaydi.
Biz hammamiz o’zimizni boshqa insonlardan ko’ra ko’proq sevamiz.
Lekin baribir o’zimizning fikrimizdan ko’ra ularning fikri haqida ko’proq qayg’uramiz.
Zulmat mavjud emas, Nursizlik bor xolos...

Kitob insonni, inson dunyoni o'zgartiradi...
Insonni bir ogʻiz soʻz bilan ham hafa qiladigan ham hursand qiladigan jumla "Bu kunlar ham oʻtar ketar"
Hamma "Hech qanday chorasi ham , iloji ham yo'q !" deganida, umidsizlikka qarshi bosh ko'tarishning nomi Iymondir.
Baxtli bo'lish uchun uzoqqa ketishning keragi yo'q - o'zingizga kelsangiz bo'ldi...
"Tongni qalbdan sevganlar tunni ham qadrlaydilar. Visol uchun yo‘lga chiqqanlar safar mashaqqatlariga sabr qiladilar. Yo‘ldagi qiyinchiliklar visol halovatidan nishona. Safar mashaqqatini rad etmoq – visolni rad etmoq. Zulmatga toqat qilmaganlarning oydinligi bo‘lmaydi. Muammo bo‘lmasin degani – hech narsa kerak emas, deganidir".
Sabr – xastaliklarda Ayyub,
hasratlarda Yaqub,
chohlarda Yusuf,
otashlarda Ibrohim boʻlmoqdir...

Taqrizlar:
1
📝 Bu kitobga yozilgan taqrizni o‘qib, o‘zim ham ancha avval sharh yozganim yodimga tushdi va uni kanalda ulashishni istadim.
💻 Hozirgi informatsion texnologiyalar davrida iymon zaifligi muammosi hech bir insonni chetlab o‘tmayapti desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.
Ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketish, media ko‘rsatayotgan "shirin" yolg‘onlar asiriga aylanish va eng asosiysi islomni o‘rganmaslik, ilm olmaslik ta‘sirida kishi o‘zini yaratgan Robbisidan uzoqlashib bormoqda.
❕O‘z navbatida bu uzoqlashish iymonning zaiflashishi, depressiya, stress, apatiya va yana ko‘plab bir vaqtlar biz hatto nomini ham bilmagan ruhiy kasalliklar keltirib chiqara boshladi. Asl yechim nimadaligini bilmagan insonlar ruhshunoslar oldiga chopishni, najotni, yechimni ularning terapiyalaridan qidirishni boshlashdi.
Said Chamlijaning "Iymon va huzun" kitobida shunday jumla o‘qigandim:
"Tushkunlikka tushganni iymonidan shubha qilaman".
Bu gapga to‘liq qo‘shilaman. Sababi faqatgina iymoni, ruhiyati zaiflashgan insonlar yuqorida sanab o‘tilgan holatlarni boshdan o‘tkazishadi. Misol uchun:
◽️ Inson agar biror og‘ir dardga yo‘liqsa tushkunlikka (depressiya yoki stress) tushishi mumkin. Buni sababi esa Allohni Hakiym deb bilmay qadarga norozi bo‘lish, dard bergan Zot shifoni ham berishini bilmaslik yoki bilsa ham iymon zaifligi sabab bunga to‘liq ishonmaslik.
◽️ Banda Allohni yetarlicha tanimaydi, U Zotning Razzoq ekanini bilmaydi va doimo mol-dunyo g‘amida bo‘ladi. Bilmaydiki jamiyki molu-dunyoni qo‘lga kiritsa ham Alloh rizq qilib berganidan ortig‘ini ololmaydi. Deylik bir kosa ovqatga ham to‘yadi, o‘n kosaga emas.
Butun fikri, e‘tiborini topayotgan davlatiga qaratadi, bordiyu uni yo‘qotsa huddi shu bilan hayot to‘xtab qolgandek tushkunlikka tushadi.
Imomi A‘zam Abu Hanifa rahimahulloh haqidagi mashxur rivoyatni eslaylik. U kishi tijorat karvonlari kasodga uchraganini eshitganda nima dedilar?
- Alhamdulillah!
Tushunayapsizmi?! Boru yo‘gimdan ayrildim deb dod solmadilar, depressiyaga tushib ruhshunos oldiga yugurmadilar. Chunki ruhiyatlari, iymonlari kuchli edi, Allohni Razzoq, Hakiym, Qahhor deb tan olgandilar.
📚 "Iymon va Huzun" kitobini o‘qir ekansiz, o‘z dolzarbligi bilan barchani bezovta qilayotgan bir qator muammolarga iymonning asli nima ekanini anglash, tushkunlikni Qur‘on va Sunnatga qaytish orqali terapiya qilib davolashni o‘rganasiz.
Insonni tushkunlikdan qimmatbaxo dorilar, kuchli psixoterapiyalar emas, balki Allohga chin dildan yuzlanib duo qilish, gunohni e‘tirof etib unga tavba qilish, muhtoj insonlarga xolis Alloh uchun ehson qilish chiqarishini tushunib yetasiz.
Kamina bu kitobni muammolarga ildizidan kelib yechim beradigan, eng taniqli ruhshunoslar ham yechimini topa olmay halak bo‘layotgan kasalliklarni to‘g‘ri davolashni o‘rgatadigan qo‘llanma deb atadim hamda uni o‘qishni har bir insonga tavsiya qilaman!
©Fathiyya Nabijon
2
Stressli iymon.
Inson dunyoga kelar ekan, istasa yoki istamasa ham, unutsa yoki sabr qilsa ham Yaratgan tomonidan sinov va mashaqqatda bo'ladi. Chunki, bu dunyo – sinov hovlisi.
Insonmiz-ki, unutamiz, isyon qilamiz, shak ham keltiramiz, ba'zida. O'zganing sinovlari va musibatlarining vaznini ko'tarib ko'rmaganimiz uchun bilmasmiz, lekin ushbu kitob bu vaziyatlarda olishimiz kerak bo'lgan Islom aqidasiga xos hikmatli darslarni o'zida jamlagan.
Asli Olmoniyalik bo'lgan Said Chamlija o'quvchiga murojaat qilayotib, Qur'onda kelgan payg'ambarlar tarixidan olishimiz kerak bo'lgan bir parcha ulushni va solih zotlarning ibratli hayotlaridan parchalarni kitobiga ilova qiladi.
Xudoni inkor qila turib yoki Xudoni qanday inkor qilishni bilmayotib, Uni hamma ishga aybdor, deb hisoblaydigan barcha psevdoateist va misateistlarga ham tafsiya qilardim.
Xullas, bu xozir ustingizda turgan muammolaringizdan hosil bo'lgan stress/dipressiyada sizga iymoniy huzun berishni maqsad qilgan kitob. Keladigan sinovlarda eslatma o'laroq o'shanda yana o'qishni niyat qilib, o'quvchi sifatida asarga 10/8 ballni berishga qaror qildim. Endilikda kitobni Psixologik markazlar va Psixiatriya shifoxonalari yaqinidagi dorixonalardan ham topish mumkinligi odamni xursand qiladi.
© AbdurRohman Rick
3
“Iymon va huzun” Said Chamlija
Kitob iymonni mustahkamlab borish, iymoni mustahkam insonga asabiylik, ruhiy tushkunlik daxl qilolmasligi haqida. Minnatdorchilik, qanoat va shukronalik, mamnunlik hissini orttiradi. Ko’ngil halovatiga erishgan inson umidsizlikka berilmaydi. Kitobni tugatar ekanman bu dunyo uchun umidsizlikka va tushkunlikka tushish xato ekanligini, faqat ohiratimizni o’ylab, iymonimizni mustahkamlashimiz kerakligini teranroq angladim.
Ilohiy qudratga ishonish insonga tabiiy ravishda boshqarolmaydigan holatlarda, o’zini zaif va ojiz his qilganida tasalli beradi. Dinning taskin berish qudrati ham shu yerda yordamga keladi.
# Iqtibos
Hayot qozonida qaynab-qaynab pishgan, mashaqqat va qiyinchiliklarda obdon toblangan, baxtsizliklar changalidan baxtini tortib olib saodatga erishganlar bilan bo’ling. Chunki ular baxt va shodlik qiymatini juda yaxshi biladilar.
4
#tavsiya
📚 Iymon va huzun | Said Chamlicha
📝 "G'amgin bo'lsang, namozni qazo qilganing uchun, tahajjudga turolmayotganing uchun, birovga ozor berganing uchun, nafl ro'zalar tutolmayotganing uchun g'amgin bo'l".
📌 XXI asr — depressiyalar, stresslar asri. Texnologiyalar bilan olam tez suratda rivojlanayotgan, barcha muvaffaqiyatga erishishni ko'zlab orqa-oldiga qaramay yugurayotgan bir paytda, ba'zi insonlarda o'z-o'zidan qoniqmaslik, o'zini past sanash va buning natijasida g'am-g'ussaga berilish, noshukrlik holatlari ko'paygandan ko'paydi.
📌 Va tan olib aytish kerakki, biz o'z qadriyatlarimizdan ancha uzoqlashdik. Rizqning Allohdan ekanligini, qancha chiranmaylik nasibamizdan o'zgasi bizga kelmasligini unutib qo'ydik. Bu unutish natijasida esa o'zimizga katta jabr qildik...
📝 "Insonning ozgina narsaga juda xursand yoki xafa bo'lishi uning qalbi zaif ekanligidan dalolat".
📌 Ha, atrofni kuzatsangiz ko'pchiligimiz ba'zan g'am-anduhga muxlislik qilamiz. Arzimagan narsalardan fojea yasashga, boshimizdagi kichik musibatni tragediyaga aylantirishga urinamiz. Ko'pchiligimiz go'yo, dunyoning butun tashvishi boshimizda-yu, bunga esa hech qanday chora yo'qdek tutamiz o'zimizni. Agar chindan ham hayotingiz g'am-anduxli, tashvishli bo'lsa, demak sizni Yaratgan bilan munosabatingiz yaxshi emas. Zero, qalbida Alloh va unga muhabbat bo'lgan kimsaga hech qanday qayg'u rahna sololmaydi, unutmang. Qayg'u bo'lganda ham u faqatgina oxirat qayg'usi bo'lishi mumkin.
📌 "Iymon va huzun" kitobi dardingizga chorani, qalbingizga halovatni, hayotingizga nurni qayerdan olish kerakligi haqida sizga bir vositachi o'laroq yo'lboshchi bo'la oladi. O'zligimizni anglash, qadriyatlarimizni tiklash, tariximizni o'rganish bilangina hayotimizni o'z yo'liga tushishi mumkinligini bizga eslatadi. Hayotimizdagi har qoqilish, har yiqilish kelgusida ravon harakatlanishimiz uchun yuborilgan sinovlar ekanligini, ularga nisbatan fojea ko'zi bilan emas, hikmat nazari bilan boqishimizni uqtiradi.
📌 Xulosam. Xohlaymizmi, yo'qmi, aksarimiz huddi shunday, g'am-anduh asirimiz va bunga har birimizning asosimiz ham yetarlichadir. Ammo bular uchun yechim bitta, davo — yagona. Uni taning va Unga tavakkul qiling. Bu qandaydir balandparvoz gaplar emas, ayni haqiqat! Biroz chetga chiqib, tafakkur qiling, o'z-o'zingizga savol bilan yo'naling. U bilan munosabatim O'zi xohlagandekmi, amallarim O'zi rozi bo'ladigandekmi, U menda rozimi, men Uni rozi qilish uchun nimadir qildimmi?! Savollar bisyor, asosiysi bu savollar uchun bizdagi javoblardir. Umuman olganda, taffakkurga undaydigan kitob.
Tavsiya)
© Siddiqa Hasan
Said Chamlija qalamiga mansub "Iymon va huzun" , "Farzand tarbiyasida 33 xato" kitoblarini telegramdagi buyurtma profili orqali xarid qilishingiz mumkin: @TaskinKitob