“Ozon” elektron tijorat kompaniyasi O`zbekistonda logistik markazini ochadi

“Ozon” elektron tijorat kompaniyasi O`zbekistonda logistik markazini ochadi


“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Rossiyaning “Ozon” elektron tijorat kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. 

 Maʼlumot oʼrnida, “Ozon” elektron tijorat kompaniyasi 1998 yilda onlayn kitob doʼkoni sifatida tashkil etilgan. Kompaniya 2019 yilga kelib, mamlakatdagi uchta yirik onlayn chakana savdo platformasidan biriga aylanadi. 2022 yilda kompaniya daromadi 277,1 mlrd rublni (2,7 mlrd. АQSh dollar) tashkil etdi. Rasmiy sayti - corp.ozon.com. Mazkur onlayn savdo platformasiga 9 mln.dan ortiq mahsulotlarni joylashtirish imkoniyati mavjud. Jumladan, charm-poyabzal, tekstil mahsulotlari, elektoronika, uy xoʼjaligi mahsulotlarini joy`lanadi. Kompaniya Rossiya, Belarus, Qozogʼiston va Qirgʼiz Respublikasida logistik markazlariga ega.

 Uchrashuv avvalida elektron tijorat kompaniyasining vakillariga mamlakatimiz charmsanoat sohasidagi islohotlar, ishlab chiqarish, investitsiya, eksport salohiyati toʼgʼrisida maʼlumot taqdim etildi.

  Rossiya kompaniyasi muloqot chog`ida O`zbekiston charm-poyabzal va mo`yna sanoatidagi o`sish dinamikasi, Rossiya bozorida “Made in Uzbekistan” yorlig`i ostidagi mahsulotlarga talabning ortayotgani mamlakatimizda “Ozon”ning logistik markazini yo`lga qo`yish bo`yicha extiyojini yuzaga keltirganini ma`lum qildi. Ushbu logistik markaz orqali Oʼzbekistonda ishlab chiqarilgan charm mahsulotlar, EVА granulalari, sunʼiy va tekstil matosidan poyabzallarni (mavsumiy yengil poyabzallar, bolalar, ayollar va erkaklar poyabzallari), charm-attorlik buyumlari va qorakoʼl mahsulotlarini Rossiya savdo tarmoqlari va korxonalariga sotish imkoniyati yaratiladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar bu yo`nalishda manfaatli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishga tayyor ekanligini ma`lum qilidi. Shuningdek, logistik markazni tez fursatlarda yo`lga qo`yish bo`yicha amaliy jihatlar muxokama qilib olindi.



Report Page