O'zni sevmaslik yoxud kapalak effekti

O'zni sevmaslik yoxud kapalak effekti

Саъдуллах

Har birimiz ijobiy va salbiy fazilatlarga egamiz. Va ular orasida biz boricha qabul qiladiganlari ham va qutulishni istaganlarimiz, biz hatto, tan olishni istamaydigan fazilatlarimiz ham bor. O'z tabiatining ikkala tomonini tushunish va bu ikki tomonini o'zaro "yarashtirish"ga erishishda inson o'ziga qarama-qarshi bo'lmagan holda yaxlit bo'lib qoladi.


Kapalak effekti. Tajribada kapalakning bir qanoti uzib olinganda ham kapalak yashagan, u hatto, oziqlanishi, o'rmalashi mumkin bo'lgan. Ammo- lekin, endi u ucha olmaydi. Vaholanki, tabiati shu edi.

Insonning yaxshi va yomon tomonlari ham shunga o'xshaydi. Salbiy qirralar, biz qusur deb hisoblaydigan tomonlarimiz bizni biz qilib turibdi.

O'zingizdan hech qachon farishta yasay olmaysiz. O'zingizni ming korreksiyalasangiz ham, to'laligicha sog'lom(ruhiy/jismoniy)/qoyilmaqom/to'laqonli bo'la olmaysiz. Bu o'sishda qotib qoling degani ham emas.


"Menga ruhan sog'lom insonni keltiring va men sizga uni davolab beraman"
/Karl Gustav Yung/


Chunki bunday insonning o'zi yo'q!

Tanangni/ruhingni sevasanmi: Bo'y o'lchaming, teri ranging, sepkilli yuzing, qiyshiqroq barmoqlaring, nostandart o'lchaming, nosimmetrik tanang, "geterozigota" ko'rsatkichiga ega paxmoq sochlaring, biroz joyidan qochadigan ko'zlaring?..

Tabiatan tug'ma berilmalarni boricha qabul qilish kerak, vaholanki, ularni yaxshilikcha tuzatish imkonsiz.

Qabul qil - tushun - kechir - ozod qil. Oddiy to'plam.

Har doim qotmasiga aql bilan ish ko'rib bo'lmaydi. Inson aqli har doim cheklov qo'ygan. Ammo mudom shunday bo'lishi kerak deb kim aytdi?


@buxdu_uz uchun maxsus Pedagogika fakulteti media rahbari Sa'dullayeva Shahzoda tayyorladi.


Report Page