O'zlik olmoshlari
Musaev Farkhod
· 자기 – o’zi
자기 생각만 한다.
Siz faqat o’zingizni o’ylaysiz.
· 자신 – o’zi
네 자신이 생각하라.
Sen o’zingni o’yla.
· 자기 자신 – o’z o’zi
(너) 자기 자신도 돌보지 못 한다.
(Sen) o’z o’zingga ham qaray olmaysan.
· 저 – o’zi
그 놈은 저밖에 모른다.
U bola o’zidan boshqani bilmaydi.
· 당신 – o’zi
대통령께선 당신을 돌보지 않고 나라 걱정만 하십니다.
Preziden o’ziga etibor bermasdan davlat dardinigina qiladi. –
· 스스로 – o’zi
문이 스스로 열렸다.
Eshik o’zi o’childi.
· 서로 – o’zaro, bir biri
(그들이) 서로 욕하다.
(Ular) bir biriga so’kindi.
· 자체 – o’zi
어린 시절에는 축제 그 자체가 내게는 즐거운 것이었다
Yoshlikda festivallarning o’zigina menga quvonarli narsa edi.
Ushbu olmoshlarning farqlari.
자신 va 자기 ning ikkalasi ham olmosh, 자신 ning ikki xil usulda ishlatilinadi, 자기esa faqat bir xil. 자신 gapda oldin kelgan ot yoki olmoshga urg’u berganda ham ishlatilinadi, 자기 esa unday emas. Quyidagi misolni ko’ring:
· 나 자신은 이 그림을 좋아한다.
Mening o’zim bu rasmni yaxshi ko’raman.
자신 shu bilan birga “yolg’iz o’zi” degan ma’noni beradi. 자기 bunday ma’noni bermaydi, lekin 스스로 ham shu ma’noda ishlatilinadi. Quyidagi misolni ko’ring:
· 네 자신이 생각하라.
O’zingni o’yla.
· 그는 스스로 결정했다.
Uni o’zi qaror qildi. (ya’ni yolg’iz o’zi qaror qilgan)
저 va 당신 bu men va siz degan olmoshlardir. Lekin ular o’zi deb ham tarjima qilinishi mumkin. Juda chalkash to’g’ri emasmi?. Ular o’zi ma’nosida kelsa huddi 자기 va 자신 dek ishlatilinadi, lekin저 xurmat jihatdan pastroqda turadi va당신 esa yuqoriroqda. Quyidagi misollarga qarang:
· 그 놈은 제가 하지 않았다고 주장한다.
U bola o’zim qilmadim deb turib olyabdi.
· 대통령께선 당신을 돌보지 않고 나라 걱정만 하십니다.
Preziden o’ziga etibor bermasdan davlat dardinigina qiladi.
Xozirda저 – men, 당신 – siz deb ishlatilinadi. Lekin o’tmishda bu olmoshlar faqat o’zlik olmoshlari bo’lib kelgan. Lekin xozirda ko’pincha 1chi va 2chi shaxsni bildiruvchi olmosh bo’lib ko’p keladi.
자기 자신 mustaqil o’zlik olmoshi deb qaraladi va 자신 yoki 자기 ning o’zi ham bir xil ma’noda keladi. Lekin murakkab gaplarda ularning orasida farq katta. Quyidagi misollarga qarang:
1. 갑수는 을수에게 병수가 자기를 때렸다고 말했다.
Kapsu Ilsuga Pyongsu o’zini urganini aytdi.
2. 갑수는 을수에게 병수가 자기 자신를 때렸다고 말했다.
Kapsu Ilsuga Pyongsu o’zini urganini aytdi.
자체 ham o’zlik olmoshi va narsalar bilan birga keladi. Quyidagi misollarni ko’ring:
· 덕을 행한다는 것, 그 자체가 보상이다.
Yaxshilik qilishning o’zi mukofotdir.