O'zgaruvchilar
Python UzbekistanO’zgaruvchilar - biror ma'lumotni saqlash va uning ustida turli amallarni bajarish uchun bizga o'zgaruvchilar yordam beradi. O'zgaruvchining qiymati, o'z nomi bilan aytib turibdiki, o'zgarishi mumkin. Unda xohlagan qiymatni saqlash mumkin. O'zgaruvchilar kompyuter xotirasidagi joy bo'lib, u yerda siz biror ma'lumotni saqlaysiz. O'zgaruvchining konstantadan farqi, o'zgaruvchiga dastur ishlashi davomida (run time) murojaat qilib, uning qiymatini o'zgartira olamiz. Konstantaga esa oldindan ma'lum bir qiymat beriladi va bu qiymatni o'zgartirib bo'lmaydi.
O’zgaruvchilarni e’lon qilish qoidalari:
· O'zgaruvchining birinchi belgisi alifbo harfi yoki “_” (ostki chiziq) simvoli bo'lishi mumkin.
· O'zgaruvchilarning qolgan qismi harflardan “_" (ostki chiziq) simvoli va raqamlardan (0-9) tashkil topishi mumkin.
· O'zgaruvchilar nomlashda katta va kichik registrlar farqlanadi. Masalan, myname va myName – bular boshqa-boshqa o'zgaruvchi hisoblanadi.
· Python o'zgaruvchini e'lon qilish o'zgaruvchi birinchi marta unga qiymat bergan paytingizda yaratiladi.
O'zgaruvchilarni biron bir turdagi e'lon qilish shart emas va ular o'rnatilgandan keyin ham turini o'zgartirishi mumkin.
Python dasturlash tilida o’zgaruvchilarni e’lon qilish quyidagicha:
a = 5
Yuqoridagi misolda a o'zgaruvchining nomi 5 esa qiymati. '=' o'zlashtirish ya'ni a o'zgaruvchi 5 qiymatni o'zlashtiryapdi.
meningIsmim = 'John' meningismim = 'Anna'
Bu o'zgaruvchilar ikki xil o'zgaruvchilar hisoblanadi chunki pythonda katta va kichik harflar farq qiladi.
O'zgaruvchilarni ekranga chiqarish
O'zgaruvchilarni ekranga chiqarishimiz uchun avval ularni e'lon qilishimiz va qiymat berishimiz kerak.
a = 5 ism = 'John' print(a) print(ism)
Natija: 5 John