O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga uyda kompleks ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha TEXNIK SHARTLAR

O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga uyda kompleks ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha TEXNIK SHARTLAR

Buyurtmachi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi.

Manzil: Toshkent shahаr, Mirobod tumani, Ming o‘rik, 12-uy (ihma-toshkent@exat.uz).

Loyiha amalga oshiriladigan hudud – Toshkent shahаr, Mirzo Ulug‘bek tumani.

Davlat buyurtmasining tavsifi

Bajarish muddati

Ustuvor yo‘nalish: Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning reyestriga (Reyestr) kiritilgan shaxslarga uyda kompleks ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish.

Maqsad: uyda xizmat oluvchilar ehtiyojlariga mos kompleks ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatilishini ta’minlash.

Vazifalar: Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Reyestrga kiritilgan 40 nafar (bir haftada 159 soat) o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga 6 oy davomida (jami 4134 soat*) uyda kompleks ijtimoiy-reabilitatsiya (uyda parvarishlash va uyda ijtimoiy-tibbiy) xizmatlarini ko‘rsatish.

 

Uyda parvarishlash xizmatlarini ko‘rsatish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

– ovqat tayyorlash (mijozni yoshi, tabiati va allergik xususiyatlarini inobatga olgan xolda) va yarim tayyor maxsulotlarni tayyorlab muzlatgichda saqlab qo‘yish;

– kiyim-kechaklarni yuvish;

– gigiyena tadbirlarini amalga oshirish;

– supurish-yig‘ishtirish (xonadondagi mijoz foydalanishi zarur bo‘lgan barcha xonalarni va jixozlarni tozalash);

– zarur oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni uyga yetkazib berish;

– xonadondagi santexnika jihozlarini ta’mirlashda (uy-joyni boshqaruvchi tashkilotlar va boshqaruvchilarni jalb qilish) ko‘maklashish;

– sartaroshlik xizmatidan foydalanishda ko‘maklashish;

– qarindosh va do‘stlar bilan yozishmalarda ko‘maklashish;

– tibbiyot va sport muassasalariga borish va kelishda hamrohlik qilish.

Uyda ijtimoiy- tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

– hayotiy zarur ko‘rsatkichlarni o‘lchash va monitoring qilish;

– sog‘lomlashtiruvchi va faollikni oshiruvchi, jumladan motorikani rivojlantiruvchi mashqlar qildirish;

– yotoq yaralar profilaktikasi va parvarishi;

– tibbiy muolajalar yaralarni bog‘lash, dori darmon qabul qilishga ko‘maklashish;

– oila a’zolari yoki assistentga parvarishda e’tibor talab etiladigan jihatlarni o‘rgatish;

– o‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikmalariga o‘rgatish.

 

*- o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ajratilgan soatlar miqdori va xizmat turi o‘zgalar parvarishiga muhtojlik darajasi o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lib, monitoring natijasida o‘zgarishi mumkin.

6 oy

Loyihani amalga oshirish bo‘yicha umumiy talablar:

– Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Reyestrga kiritilgan 40 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan shartnoma tuziladigan tashkilotga beriladi;

– autsorserning o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga uyda kompleks ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi xodimlarning malakasini oshirish uchun Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan qisqa muddatli o‘qitish kurslari tashkil etiladi;

– autsorser tender savdolarida g‘olib bo‘lgan taqdirda 3 ish kuni ichida o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga uyda kompleks ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi xodimlar ro‘yxatini shakllantirib, buyurtmachiga yuboradi va ushbu ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning shartnoma asosida qisqa muddatli

(15 o‘qish soati) o‘qitish kurslaridagi ishtirokini ta’minlaydi;

– o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga uyda kompleks ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish Agentlik tomonidan o‘tnatilgan tartibda va davomiylikda belgilanadi;

– autsorser tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanadagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga uyda kompleks ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish mazkur texnik shartlarga hamda O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga uyda kompleks ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatishning minimal talablariga muvofiq amalga oshiriladi;

– autsorser tomonidan uyda kompleks ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchilarning kunlik xizmat ko‘rsatish faoliyati elektron tizimda nazorat qilinadi;

– autsorser tomonidan ko‘rsatilayotgan uyda kompleks ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlaridan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning qoniqish darajasi mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan bir oyda bir marotaba o‘rganib boriladi;

– o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning 10 foizidan ortig‘i uyda ko‘rsatilayotgan kompleks ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlardan qoniqmaganligi aniqlanganda, ushbu shartnomani Autsorserni yozma xabardor qilgan holda, u bilan tuzilgan shartnomani bir tomonlama bekor qilinadi;

– Ijtimoiy inspeksiya hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ko‘rsatilayotgan uyda kompleks ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlari sifati va ularni ko‘rsatishning minimal talablariga muvofiqligi monitoring qilinadi.

Uyda kompleks ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatishning minimal talablari:

– o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga uyda kompleks ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash;

– jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, ota-onasining shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan va boshqa sabablarga ko‘ra o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsni kamsitmaslik va qadr-qimmatini kamsituvchi munosabatda bo‘lmaslik;

– o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni

va qadr-qimmatini hurmat qilish;

– o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning mol-mulkini har qanday shaklda o‘zlashtirmaslik yoki shunga doir xatti-harakatlarni bajarmaslik;

– ovqat tayyorlashda o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning talablarini inobatga olish;

– o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs ovqatlanish (yotoq joyidan turish, uyini ichida harakatlanish, ovqatlanish uchun o‘tirish)da ko‘maklashish;

– o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs foydalanishi zarur bo‘lgan barcha xonalar va jixozlarni tozalash;

– kiyimlar va poyafzallarni almashtirish (kiyish va yechish)da ko‘maklashish;

– kundalik gigiyena tadbirlarini (yuvinish, sochni parvarish qilish, hojatxona gigiyenasi, sanitariya-gigiyenik materiallarni almashtirish va boshqalar) bajarishda ko‘maklashish;

– yotoq yaralarini oldini olish va yotishda qulaylikni ta’minlash uchun yotoq holatdagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning joylashuvini o‘zgartirish;

– zarur oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni uyga yetkazib berishda o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning xoxishlarini inobatga olgan holda, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni uning yashash joyiga eng yaqin oziq-ovqat do‘koni va dorixonalardan olish;

– o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar oila a’zolariga ularni parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalar berish;

– hayotiy zarur ko‘rsatkichlarni o‘lchash va monitoring qilish;

– sog‘lomlashtiruvchi va faollikni oshiruvchi, jumladan motorikani rivojlantiruvchi mashqlar qildirish;

– yotoq yaralar hosil bo‘lishini profilaktika va parvarish qilish;

– tibbiy muolajalar yaralarni bog‘lash, dori darmon qabul qilishga ko‘maklashish;

– oila a’zolari yoki assistentga parvarishda e’tibor talab etiladigan jihatlarni o‘rgatish;

– o‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikmalariga o‘rgatish;

– o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish shartnomasi talablariga bajarish.

Autsorser quyidagi talablarga javob berishi lozim:

– uyda kompleks ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish sohasida kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;

– autsorser (talabgor) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi;

– davlat xaridini bajarish doirasida amalga oshiradigan faoliyatning ustavidagi vazifalarga muvofiq kelishi;

– loyihani amalga oshirish uchun o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga uyda kompleks ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish malakasiga ega xodimlar va moddiy-texnik imkoniyatlari mavjud bo‘lishi;

– autsorser (talabgor) tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga uyda kompleks ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi shaxslarning faoliyatini monitoring qilish imkoniyati mavjudligi (telefon orqali va (yoki) ijtimoiy tarmoqlar (Telegram) orqali axborot berish);

– xizmat oluvchilar va ularga xizmat kursatish vaqti davomiyligi Agentlik tomonidan belgilanadi.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga uyda kompleks ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi shaxslarga qo‘yilgan malaka talablari:

– uyda kompleks ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi xodimlar

1 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga va o‘rta-maxsus tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi talab etiladi;

– bunda, ish tajribasini tasdiqlovchi tavsiyanoma yoki ushbu sohadagi mehnat stajini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek, o‘rta-maxsus tibbiy ma’lumotga egaligini tasdiqlovchi diplom taqdim etlishi shart.


Autsorsing savdolarida qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

– ariza taqdim etayotgan tashkilotining rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

– ilovadagi shaklda to‘ldirilgan davlat xaridi uchun ariza;

– oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan tashkilotning ustavi (nizomi) nusxasi;

– tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi.

 






Report Page