O‘zga sayyoraliklar aslida qanday ko‘rinishda bo‘lishlari mumkin?

O‘zga sayyoraliklar aslida qanday ko‘rinishda bo‘lishlari mumkin?

@astronomiya kanali uchun maxsus Haqberdiyev Islombek tayyorladi


Fantastik filmlar orqali o‘zga sayyoraliklarning qanday ko‘rinishda bo‘lishlari mumkinligiga ko‘nikib ketganmiz. Hozirgi taraqqiy etgan davrda yerdan boshqa sayyoralarda mavjud hayotni topish imkoniyati juda yuqori. NASA olimlari yaqin yigirma yil ichida o‘zga sayyoraliklarni topish mumkinligini taxmin qilishmoqda. Lekin biz o‘zga sayyoralarda nimani topamiz? Bizni kim qarshi oladi — gumanoidlarmi yoki ongli bakteriyalar? Biz bir necha nafar taniqli olimlarning o‘zga sayyoraliklar haqidagi fikrlarini e'tiboringizga havola etmoqdamiz.

O‘lmaydigan hasharotlar


Olimlarning ta'kidlashlaricha, bizni o‘zga sayyoralarda yerdagi hasharotlarning uzoq qarindoshlari qarshi olishi mumkin ekan. Tadqiqotchilarning sinovlaridan ma'lum bo‘lishicha, suvaraklar hattoki yadroviy portlashdan keyin ham o‘lmas ekan – shunday ekan, murakkab sharoitli sayyoralarda yashash ular uchun cho‘t emas.  

Robotlar


Yer yuzida barcha hayot shakllari uglerod asosida tashkil topgan. Lekin koinotning boshqa burchagida boshqacha bo‘lishi ham mumkin. Masalan, Richard Dokinz o‘zga sayyoralardagi hayot kremniy asosida rivojlanishi mumkin degan fikrda. Bu nima degani? Ongli robotlar degani!

Aqlli meduzalar


Meduzalar hukmron bo‘lgan sayyorani ko‘z oldingizga keltirib ko‘ring. Doktor Meggi Aderin-Pokok galaktikaning qaysidir burchagida aynan mana shunday jonzotlar bizni kutib turishganiga ishonadi. Vodorod atmosferasida yashovchi mavjudotlar aynan meduzasimon ko‘rinishda bo‘ladi va yorug‘lik uchqunlari yordamida muloqot qilishadi

Ulkan uchar jonivorlar


Sayyorada hukmronlik qilishda ko‘p omillar rol o‘ynaydi. Ana shunday omillardan biri gravitatsiyadir. Gravitatsiya kuchi bizning sayyoramizdagidan ko‘ra yuqori bo‘lgan sayyorada esa parvoz qilish qobiliyatiga ega jonzotlargina g‘alaba qozonishi mumkin.

Bahaybat qurtlar


Ikkinchi tarafdan, xuddi ana shu qurtlarning rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Ular asalarilar singari jamiyat tuzishib, suv havzalari yonida yashashlari mumkin. Olim Devid Agilarning fikricha, ularning xizmatini qiluvchi jonivorlarning kattaligi odamdek bo‘ladi.

Ulkan o‘simliklar


O‘zga sayyoralardagi hayot haqida so‘z ketganda o‘simliklar olamini yoddan chiqarish mumkin emas. Aqlli jonzotlar yashil rangda ham bo‘lishi mumkin. Agar qulay atmosfera va tortishish kuchi kamroq bo‘lsa, o‘simliklarning bo‘yi osmon qadar yetishi mumkin.

Butunjahon bakteriyalar tarmog‘i


Bakteriyalar — olimlar eng ko‘p taxmin qiladigan o‘zga sayyoraliklardir. Ulkan uchar maxluqlar oldida ular qo‘rqinchli emasdek tuyuladi. Lekin unday emas. Butun sayyorani egallab olgan bunday organizm tashqaridan kelgan har qanday mehmonni xursandchilik bilan kutib olmasligi tayin.

Odamlar


Aksariyat ekspertlarning fikricha, o‘zga sayyoraliklar albatta mitti yashil odamchalar bo‘lishlari shart emas. Ular xuddi biz kabi ko‘rinishda bo‘lishlari ham mumkin. Bu fikrda jon bor — odamlar bejizga bugungi darajaga erishishmagandir.

Report Page