“Ozdiruvchi dori” sifatida sotilayotgan 100 ming dona kuchli taʼsir qiluvchi vositalar muomalasiga chek qoʻyildi

“Ozdiruvchi dori” sifatida sotilayotgan 100 ming dona kuchli taʼsir qiluvchi vositalar muomalasiga chek qoʻyildi

IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyati IIBB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi nazorat tadbirda savdosi cheklangan 2 ming dona dori vositalarini Oʻzbekistonga olib kirgan Qozogʻiston fuqarosi daliliy ashyo bilan ushlandi.

IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyati IIBB JQB hamda DXX hududiy boshqarmasi va Zangiota tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan viloyatning Zangiota tumanida navbatdagi nazorat-reyd tezkor tadbiri oʻtkazildi.

IIBB Axborot xizmati

Tadbirda 1989 y.t. fuqaro G.D. (ayol)ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan. Natijada uy ichi va hovlidagi avtomashinada qora bozordagi narxi 200 mln soʻmga teng boʻlgan 15 xil nom va koʻrinishdagi 36 ming 696 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari sotish maqsadida saqlab kelinayotgani aniqlanib, dorilar daliliy ashyo sifatida olindi.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Shundan so'ng, tezkor tadbir davom ettirilib, bu ayolga dori vositalarini yetkazib berayotgan taʼminotchi ham Oʻzbekiston hududiga “tovar” bilan kirgan vaqtida IIBB xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Aniqlanishicha, 1989 y.t. E.Oʻ. (Qozogʻiston Respublikasi fuqarosi) 2 ming quti yoki 72 ming dona tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi modda boʻlgan (Oʻzbekistonda savdosi tartibga solingan) dorilarni yashirin ravish davlat chegarasidan olib oʻtgan.

IIBB Axborot xizmati

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Bir soʻz bilan aytganda, tezkor tadbir davomida 20 xilga yaqin turli nom va koʻrinishdagi, jami 108 ming 696 dona tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi modda yoki ularning analoglari boʻlgan dorilarning muomalaga kiritilishing oldi olindi.

IIBB Axborot xizmati




Report Page