“O‘zcharmsanoat” uyushmasida Rossiya Federatsiyasi bojxona xizmatining O‘zbekiston Respublikasidagi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“O‘zcharmsanoat” uyushmasida Rossiya Federatsiyasi bojxona xizmatining O‘zbekiston Respublikasidagi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Kamola Usmanova

Bugun “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Rossiya Federatsiyasi bojxona xizmatining O‘zbekiston Respublikasidagi vakili Andrey Gennadievich Zaytsev bilan uchrashdi. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, sanoat korxonalarining eksport salohiyatini oshirish masalalari hamda o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun eksport jarayonini soddalashtirish mexanizmlari muhokama qilindi. “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan amalga oshirilayotgan eksportning istiqbolli yo‘nalishlari ham muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, birgina 2023 yilning o‘zida Rossiya bozoriga charm-poyabzal mahsulotlari eksporti hajmi 40 million AQSh dollariga yetdi.

 So‘ngi yillarda qorako‘l terisini qayta ishlash, jun va jun mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, Rossiyaning “Парижская коммуна”, “Яхтинг”, “Караван СК”, "Барс", "Европласт" kabi ko‘plab kompaniyalari bilan poyabzal ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha investitsiya loyihalari amalga oshirilgan


.

 

Report Page