O'zbekistondagi islohotlar taraqqiyoti bo'yicha Yevropa Ittifoqining delegatsiyasi bilan uchrashuv

O'zbekistondagi islohotlar taraqqiyoti bo'yicha Yevropa Ittifoqining delegatsiyasi bilan uchrashuv

MoliyaPress

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Yaqin Sharq/Fors ko‘rfazi va Markaziy Osiyo bo‘yicha rahbari, Yevropa Komissiyasining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Bosh direktorati Sara Rinaldi boshchiligidagi Yevropa Ittifoqi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Moliya vazirligi delegatsiyasiga Moliya vaziri o‘rinbosari Axadbek Haydarov boshchilik qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Agrosanoat majmuasi moliyasi va atrof-muhitni muhofaza qilishni moliyalashtirish departamenti direktori To‘lqin Mirzayev, Makroiqtisodiy tahlil departamenti direktori Zuhriddin Ibragimov va Davlat budjeti departamenti direktorining birinchi o‘rinbosari Aleksandra Xvan ishtirok etdi.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlott Adrian, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining hamkorlik bo‘limi rahbari Fransua Bejo, yaqin Sharq/Fors ko‘rfazi va Markaziy Osiyo bo‘yicha hamkorlik va xalqaro qo'llab-quvvatlash bo'limi xodimi, Yevropa Komissiyasining Savdo bo‘yicha bosh direktori Titien Amati va vazirlikning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va fiskal holati, davlat moliyasini boshqarish, agrosanoat kompleksi, aholini ijtimoiy himoya qilishdagi islohotlar, Yevropa Ittifoqi budjetini qo‘llab-quvvatlash loyihasi, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Yevropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekiston tarkibiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirayotganini va erishilgan natijalar bilan Yevropa Ittifoqini hayratda qoldirishda davom etayotganligi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida vazir o‘rinbosari Yevropa Ittifoqiga davlat moliyasini boshqarish, aholini ijtimoiy himoya qilishda texnik yordam ko‘rsatish, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Moliya vazirligi xodimlarining o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha takliflarini bildirdi.



Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page