O'zbekistonda yetishtiriladigan turli xil olma navlari

O'zbekistonda yetishtiriladigan turli xil olma navlari

🌴 @KOCHATLAR_OLAMI 🌳

Ertagi navlardan sanalgan Samarqand to’g’ichining daraxt balandligi 4,5-4m ga yetib, dumaloq shox-shabba formasiga ega. Mevasining vazni 75,9gr bo’lib, yosh daraxtlardan terib olingan vazni o’rtacha 100-130gr ni tashkil qiladi. Mevasi terib olinayotganda sariq-ko’k rangda bo’ladi, pishib yetilganda sariq tilla ranga kiradi. Ekilgandan keyin 3-4 yilda hosil bera boshlaydi. Uning eng yaxshi changlovchisi Saratoniy ertagi olma navi hisoblanadi. Mevasi may oyining oxiri, iyun oyida pishib yetadi.

Saratoniy navi –daraxtlari o’rta bo’yli, balandligi 6-6,5m ga yetadi, shox-shabbasi anchagina ixcham bo’lib, dumaloq, siyrak formada ekilgan ko’chatlari 3-4 yillarda hosilga kira boshlaydi. Iyul oyida mevalari pishib yetiladi: ularni 10-12 kungacha saqlash mumkin. Mevasining o’rtacha vazni 100-150gr, po’stining rangi ko’k-yaltiroq, pishganda sariq somon rangiga kirib, taram-taram yo’li ham bo’ladi. Eti oq, mayin, xushho’r va xushbo’y. quritilganda sifatli, yaxshi maxsulot beradi.

Toshkent borovnikasi navining daraxti baquvvati, balandligi 7m, shox-shabbasining diametric 10-12m ni tashkil qiladi. Yaxshi shoxlaydi, shoxlari shamolga chidamli, hosili vaznidan bir yoqqa egiladi, lekin sinmaydi. Mevasining o’rtacha vazni 140gr, kattalariniki 200gr. Mevasi iyul-avgustda pishadi, shakli yumaloq, qumoq-qumoq, o’rtacha sersuv, nordon-shirin, yaxshi ssaqlanadi.

Daraxti har xil tipdagi tuprolarda yaxshi o’sib, hosil beradi. Ular tezda tiklanish hususiyatiga ega, sovuqqa anchagina chidamli, birinchi hosilini ekilganidan keyin 4-5 yilda bera boshlaydi, to’liq hosilga 7-8 yilda kiradi.

Bu navning tomorqalarda o’stirishda afzallik tomonlaridan biri, mevasi chiroyli, davomli vaqt ichida ketma-ket pishib yetilaveradi. Mevasining pishish davri bir oygacha davom etadi.

Qizil Grafenshteyn navi –O’zbekistonning deyarli barcha yerlarida uchraydi. Daraxti baquvvat, katta bo’lib o’sadi. Mevasi yoz oxirlarida pishadi. Ko’chati ekilgach, 4-5 yilda hosilga kiradi. Hosildorligi yaxshi. Mevasi yumaloq, chiroyl, rangdor, o’rtacha vazni 100-130gr, biroz qovurg’ali, po’sti hidli, yashil-sariq. Eti sarg’sh oq suvli, shirin hushho’r. u sovuqqa o’rtacha chidamli nav.

Delishes –qishki serhosil olma navi bo’lib, 5-7 yilda hosilga kiradi. Mevasi pishganda to’q-qizil rang oladi. Avgust-sentyabr oyi o’rtasida uzib olinadi. Mevasi yirik va o’rta me’yorda, vazni 150-180gr.

Jonatan –kuzda pishadigan, barvaqt hosilga kiradigan nav. Daraxtning bo’yi 4,5-5 metr, shox-shabbasi yoyiq holda, diametri 5,9m, meva vazni 100-120gr. Ekilgan ko’chati 4-5 yilda hiosilga kiradi, 7-yildan boshlab har bir daraxt 70-80kg dan hosil beradi, 12-14 yoshga kirganda hosil miqdori ikki hissa oshadi.

STARKRIMSON –navining daraxti past bo’ladi, novdalari qisqa va yo’g’on bo’lib, bo’g’in oralari qisqadir. Pakana payvandtagda 3-yili hosil beraboshlaydi. Serhosil, lekin hosili har yili ham bir tekis bo’lavermaydi. Mevasining tashqi ko’rinishi o’ziga rom qiladigan darajada, po’sti tig’iz, dag’al, eti yupqa, qisman po’stining ustida mo’m dog’lar uchraydi, qizil rang bilan qoplangan.

Mevasi iste’mol qilinadigan qismining rangi oq-sariq, donador, qarsildoq, hushbo’y hidga ega bo’lib, kislotasi sezilmas darajada.

Golden delishes –serhosil nav, kechpishar, shirin. Daraxti pakana bo’yli, shox-shabbasi dumaloq shaklda, 3-4 yilda hosilga kiradi. Renet Semerenko olma navi bilan bir vaqtda gullab, bir tekisda hosil berish hususiyatiga ega. U Renet Semerenko, Jonatan, Alpinist olma navlari bilan yaxshi changlanadi va ularni changlaydi. Mevasining vazni 130-160gr, shakli cho’ziqroq yoki dumaloq cho’ziq bo’lib, rangi oltinsimondir. Meva qobig’ining ustida kulrang dog’lar va ayrim paytlarida zangsimon dog’lar uchraydi. Eti yaltiroq sariq, tig’izligi o’rtacha, xushbo’y.

Mevasi avgust oyining oxiri, sentyabr oylari boshida pishadi.

Graym oltini –kech pishib yetiladigan olma navidir. Mevasining mazasi juda yaxshi, shakli chiroyli, sariq pillasimon rangda. Ko’chat doimiy yerga ekilganidan keyin, 4-5 yilda hosil beraboshlab, to’liq hosilga 6-7yilda kiradi. Mevasining vazni 70-80gr bo’lib, sentyabrda pishib yetiladi.

Goldenspur –daraxtlari deyarli katta bo’lmaydi, shoxlari ham kalta bo’lib, ko’proq xalqasimon meva shoxchalariga egadir. Bu nav spurali olma navlari ichida barvaqt hosilga kirishi va hosildorligi bilan ajralib turadi. Birinchi hosilni ko’chat ekilgandan keyin 2-3 yilda olish mumkin. Sentyabr oyining boshlarida mevasi pishib yetiladi. Hozirgi davrda u hududimizda har xil iqlim va tuproq sharoitida puxta o’rganilmoqda.

Oq ro’zmarin –bu qishki nav bo’lib, uning hosili joyida va uzoqlarga yuborish uchun yaroqlidir. Daraxti kuchli, piramida shaklida o’sadi. Mevasining vazni 75-100gr. Daraxt ekilgandan keyin 6-7-yildan boshlab hosil beraboshlaydi. Kuchli payvandtaglarga ulab o’stirilgan daraxtlar kech hosilga kiradi. Daraxtlar 10-12 yoshga kirganda hosil beraboshlaydi. Hosili sentabr oyining boshlarida terib olinadi. To’liq hosilga kirgan tuplaridan 250-300 kg gacha hosil terib olish mumkin. 

BIZGA A'ZO BO'LING👇

🌴 @KOCHATLAR_OLAMI 🌳



Report Page