O‘zbekistonda vaksina ishlab chiqarish korxonasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda vaksina ishlab chiqarish korxonasi tashkil etiladi


Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida Xitoyning “JINHAI Technology” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Unda so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari tobora rivojlanib borayotgani, barcha sohalar qatorida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ham istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani e’tirof etildi. 

Aytish kerak, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda chorvachilikni rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida qaratilmoqda. Biroq, chorva mollarini boqish va ularni yuqumli kasalliklardan asrash borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina. 

laversa, bugun mamlakatimizda tez-tez uchrab turadigan oqsil kasalligi chorva mollariga jiddiy zarar yetkazayotgani, ushbu kasallikka qarshi vaksina xorijdan olib kelinishi bu esa, moliyaviy xarajatlarning oshishiga olib kelayotganini qayd etildi. 

O‘z navbatida, “JINHAI Technology” kompaniyasi vakillari mazkur muammoning yechimi sifatida O‘zbekistonda chorva mollarini yuqumli kasalliklardan asrash bo‘yicha vaksina ishlab chiqaradigan hamkorlikdagi qo‘shma korxona tashkil etish taklifi berildi. Ushbu taklif vazirlik mutasaddilari tomonidan ma’qullanib, hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi. 

Bu korxonaning tashkil etilishi orqali nafaqat yurtimizdagi chorva mollarini arzon, sifatli, xalqaro sertifikatga ega vaksina bilan emlash, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotni chet elga eksport qilish orqali moliyaviy barqarorlikka erishish ta’minlanadi.




Report Page