O‘zbekistonda uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekistonda uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi

MoliyaPress

Bugun, 15-dekabr kuni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tender tanlovlarida g‘olib investorlar aniqlandi.

Mazkur loyiha Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida “umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalar qurish loyihalarini ishlab chiqish va maslaxat xizmatlarini ko‘rsatish Dasturi” (IFC Scaling Solar program) doirasida amalga oshirilmoqda. 

3-bosqichda Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha bo‘yicha tenderning 1-bosqichi (RFQ) 2021 yil 31 avgustda o‘tkazilib, undan 11 ta xalqaro kompaniya muvaffaqiyatli o‘tdi. 2- bosqich (RFP) esa 2022-yil 11-noyabrda yakunlanib, 11 ta kompaniya orasidan 4 ta kompaniya belgilangan muddatgacha takliflarini taqdim etdi. Bular: 

1. Abu Dhabi Future Energy Company– Masdar (BAA) – 3 ta loyihaga;

2. Alarko Holding AS (Turkiya) – o‘rta va kichik loyihaga;

3. GD Power – Powerchina konsorsiumi (Xitoy) - 3 ta loyihaga;

4. Voltalia SA (Fransiya) – kichik loyihaga. 

Tender tanlovida g‘olib investorlarni aniqlashga bag‘ishlangan marosimda:  

“Ushbu loyiha O‘zbekiston hukumati tomonidan xususiy moliyalashtiriladigan va boshqariladigan qayta tiklanuvchi energetika loyihalarini rivojlantirish orqali yashil energiya ishlab chiqarishni ko‘paytirishga qaratilgan sa'y-harakatlarning bir qismidir, – dedi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov – Shuningdek, bu mamlakatimizga aholi manfaatlari uchun energiya manbalari narxlarini pasaytirish, qazib olinadigan yoqilg‘iga qaramligini kamaytirish va energiya ishlab chiqarishda atmosferaga zararli chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha umumiy maqsadlarimizga erishishga xizmat qiladi”.

Moliya vaziri Temur IshmetovAvvallari davlat byudjeti yoki davlat qarzi hisobiga qurilayotgan elektr stansiyalar so‘nggi yillarda xususiy mablag‘lar hisobiga qurilmoqda. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida DXSh tamoyillari asosida 14 mlrd. dollarlik loyihalarni, jumladan energetika sohasida 3,2 mlrd. dollarlik 9 ta loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. 2023 yilda yana ikkita loyiha – quyosh va shamol stansiyalari bo‘yicha tenderlar yakunlanishi kutilmoqda. Ushbu loyihalar taraqqiyot strategiyasi hayotga izchil tatbiq etilayotgani anglatadi".

Tanlov natijalariga ko‘ra:

Masdar kompaniyasi Buxoro viloyatida 250 MVt quvvatga ega loyiha uchun ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 3,044 AQSh senti miqdorida taklifi bilan g‘olib deb topildi.

“GD Power – Powerchina” konsorsiumi (Xitoy) kompaniyasi Namangan viloyatida 150 MVt quvvatga ega loyiha uchununda ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 4,828 AQSh sentida yetkazib berish taklifi bilan g‘olib deb topildi. Ushbu loyiha bo‘yicha tarifni optimallashtirish yuzasidan qo‘shimcha muzokaralar o‘tkaziladi.

Voltalia SA kompaniyasi Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega loyiha uchun ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 2,888 AQSh sentida yetkazib berish taklifi bilan g‘olib deb topildi.

G‘olib bo‘lgan investorlar quyosh fotoelektr stansiyalarini loyihalash, moliyalashtirish, qurish, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

G‘oliblar bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi va davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash to‘g‘risidagi bitimlarni 2023-yilning 1-choragida imzolash va qurilish ishlarini 2023-yilning 4-choragida boshlash xamda 2024-yilning 4-choragida ushbu stansiyalarni ishga tushirish rejalashtirilgan va muhokamalar davom ettiriladi.


O'zbekiston Respublikasi Energetika va Moliya vazirligi

Axborot xizmatlari


Report Page