O‘zbekistonda transport vositasi havoni meʼyoridan ortiq ifloslantirayotgan haydovchilar jarimaga tortilmoqda

O‘zbekistonda transport vositasi havoni meʼyoridan ortiq ifloslantirayotgan haydovchilar jarimaga tortilmoqda


O‘zbekistonda 10-apreldan hozirga qadar respublika bo‘ylab 58 ming 822 ta avtomobil ekologik nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, shundan 518 ta transport vositasi atmosferaga meʼyoridan ortiq zararli moddalar chiqarayotgani aniqlangan hamda jami 303 nafar haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan jami 50,1 million so‘m jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, 222 ta transport vositasining harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Ta’kidlanishicha, “Toza havo” oyligining birinchi bosqichi doirasida o‘tkazilmoqda. Mazkur bosqich 10-mayga qadar davom etadi.

Tadbir davomida jami 200 mingta avtotransport vositalarini ekologik nazoratdan o‘tkazish belgilangan.

Avvalroq 2024-yil 1-iyundan boshlab barcha toifadagi avtomototransport vositalaridan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining atmosfera havosiga zararli ta’siri bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan normativlarga mosligini nazorat qilish bo‘yicha “Ekologik transport” tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.


Report Page