O‘zbekistonda tabiiy ofatlarga javob choralarini kuchaytirish orqali iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish

O‘zbekistonda tabiiy ofatlarga javob choralarini kuchaytirish orqali iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish

EconomyPress

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Jahon banki va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi bilan birgalikda “Tabiiy ofatlarga javob choralarini kuchaytirish orqali iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

Bu oltinchi davra suhbati boʻlib, u 2021-yil avgustidan 2022-yil yanvarigacha Toshkent shahrida onlayn va oflayn rejimda birgalikda oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston Respublikasida “Yashil” oʻsish va iqlim oʻzgarishi boʻyicha oʻn bitta strategik muloqotlar turkumining davomi hisoblanadi.

Strategik muloqotlar O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini amalga oshirishda erishgan yutuqlari va 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Strategiya loyihasi hamda Hukumatning 2019-2030-yillarda yashil iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha strategiyasiga muvofiq, yashil iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni muhokama qilish uchun ochiq maydondir.

Davra suhbati ishtirokchilari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zgidromet vakillari, iqtisodiyotni rivojlantirish va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha mutaxassislar iqlim o‘zgarishiga moslashishni rejalashtirishda bugungi kundagi holat va o‘sish jarayonlari, barcha sektorlarda chidamlilikni oshirishda hukumat rejalari, tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ko‘rish va amalga oshirish, tabiiy ofatlarga moslashish va ularga javob berish uchun davlat investitsiyalari masalalarini muhokama qildilar.

O‘zbekistonda har yili tabiiy ofatlar o‘rtacha 1,4 million kishiga ta’sir o‘tkazgan holda,

3 milliard dollarga yaqin zarar yetkazadi. Prognozlarga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi tabiiy ofatlar, ayniqsa qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va ko‘chkilar xavfini oshiradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yirik suv toshqini mamlakat YaIMning taxminan 5% ga zarar yetkazishi mumkin va kuchli qurg‘oqchilik ham xuddi shunday jiddiy iqtisodiy ta‘sirga ega bo‘ladi.

Davra suhbati ishtirokchilari xavflar taʼsirini kamaytirish, jismoniy taʼsirlarni yumshatish hamda odamlar va davlat moliyasini tabiiy ofatlarning eng yomon taʼsiridan himoya qilish uchun davlat investitsiyalari va institutsional islohotlarning kompleks dasturi orqali tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish imkoniyatlari va istiqbollarini oʻrgandilar.

“Umuman olganda, tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish xavf-xatarlarga duchor bo‘lishni kamaytirish, jismoniy ta’sirlarni yumshatish hamda odamlar va davlat moliyasini tabiiy ofatlarning eng yomon ta’siridan himoya qilish uchun kompleks investitsiyalar dasturi va institutsional islohotlarni talab qiladi”, dedi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Yashil texnologiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Qoriyev.

“Biz iqlim ssenariylarini va kelajakdagi o‘zgarishlarning iqlim prognozlarini tuzadigan modellarining prognozlari u mamlakatimizda qanday rivojlanishi hamda iqlim o‘zgarishini yumshatish uchun bajarilgan ishlarga bog‘langan holda kelgusi asrda vaziyatga qarab harorat yana 1,5 ° C va 3 ° C ga ko‘tarilishi mumkinligini ko‘rsatadi”, dedi O‘zgidrometning loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i Natalya Agaltseva. 

"Aholini iqlim o‘zgarishiga moslashish va tabiiy ofatlar xavfini boshqarish to‘g‘risida xabardor qilish uchun ob-havo, iqlim va suvning ishonchli axborot va prognozlariga bo‘lgan ehtiyojlarini e’tirof etgan holda, O‘zbekiston hukumati gidrometeorologik xizmatlarni, xususan, O‘zgidrometni modernizatsiya qilish muhimligini qayd etdi. Jahon banki ushbu uzoqni ko‘zlagan yechimni qo‘llab-quvvatlaydi va O‘zgidrometga optimal sifatli xizmat ko‘rsatishga yordam beradigan eng yangi texnologiyalarni joriy etishda yordam berishga tayyor", - dedi Jahon bankining tabiiy ofatlar xavfini boshqarish bo‘yicha katta mutaxassisi Daniel Kull.

Qator strategik muloqotlar, xususan, O‘zbekiston hukumatini yashil, adolatli va kam uglerodli sanoat va iqtisodiyotni qurishda qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan; iqlim o‘zgarishiga qarshilik ko‘rsatish; yashil moliyalashtirishni safarbar etish; shuningdek, yashil o‘sishga o‘tishni jadallashtirish va iqlim o‘zgarishiga qarshilik ko‘rsatish uchun yo‘l xaritasini ishlab chiqilmoqda.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Report Page