O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, shamol bo‘lishi va sel kelishi kutilmoqda

O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, shamol bo‘lishi va sel kelishi kutilmoqda

 ZARBDORLIKLAR

O‘zbekiston hududiga 1-2 may kunlari Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy rayonlari ustida shakllangan nam havo oqimi kirishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 1-mayda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida kechga borib yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

2-mayda respublikada yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Shamolning tezligi 15-29 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda shamol shiddati 23-28 m/s gacha yetishi mumkin.

30-aprel 3-may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor

Manba: Xabar.Uz

Telegram: @ZARBDOR

Report Page