O‘zbekistonda kelasi hafta boshida havo harorati 20 darajagacha iliq bo‘ladi

O‘zbekistonda kelasi hafta boshida havo harorati 20 darajagacha iliq bo‘ladi



“O‘zgidromet” 25—27-dekabr kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 25 — 26-dekabrda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. 27-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-dekabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq, 26-dekabrda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 3-8 daraja iliq, 27-dekabrda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26-dekabrda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-dekabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq; 26-dekabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq; 27-dekabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26-dekabrda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-dekabrda kechasi 4-9 daraja, kunduzi 14-19 daraja iliq; 26-dekabrda kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 27-dekabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26-dekabrda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 25— 26-dekabrda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-dekabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq; 26-dekabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq, 27-dekabrda kechasi 3-8 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26-dekabrda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 25—26-dekabrda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-dekabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq; 26—27-dekabrda 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 25-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26—27-dekabr kuni baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘ hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 26—27-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja, kunduzi 25-dekabrda 9-14 daraja iliq, 26—27-dekabrda 3-8 daraja iliq bo‘ladi.




Report Page