O‘zbekistonda issiqxona gazi savdosini amalga oshirish bo‘yicha elektron tanlov e’lon qilindi
O‘zbekistonda ilk bor “E-auksion” elektron savdo platformasida issiqxona gazi savdosini tashkil qilish imkoniyatlari yo‘lga qo‘yildi.
Tanlovdan asosiy maqsad issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirishga doir loyihalarni amalga oshirish va ularning savdosini tashkil qilish jarayonida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotni jalb qilish hisoblanadi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-martdagi 117-sonli qaroriga muvofiq xorijiy va mahalliy investorlar bilan davlat-xususiy sherikligi yoki boshqa shaklda davlat tashkilotlari va korxonalari ishtirokida (buyurtmachiligida) amalga oshirilgan loyihalardan yuzaga keladigan qisqartirilgan issiqxona gazlari hajmi to‘liq O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasarruf qilinishi belgilangan.
Shuningdek, qisqartirilgan issiqxona gazi emissiyasi hajmiga davlat tasarruf etadigan va verifikatsiyalangan uglerod birliklari ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tashabbus taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi — Milliy organ tomonidan kiritiladi. Ushbu toifadagi loyihalarni amalga oshirishda Ishchi organ loyiha tashabbuskori sifatida faoliyat yuritadi.
Loyihani amalga oshirish istagida bo‘lgan talabgorlar ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olishi hamda tanlovda ishtirok etish uchun ariza berishi mumkin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati