O'zbekistonda aksiyalarga pul tikib ikki baravar daromad ko'rish imkoniyati bormi?

O'zbekistonda aksiyalarga pul tikib ikki baravar daromad ko'rish imkoniyati bormi?

Unique author

Ha, buning iloji bor, buni qandaydir Ahmadboy orqali emas, balki "Farg'onaazot" AJ ning aksiyadorlari oxirgi 2 yilda shunday dividend ko'rinishida daromad olishmoqda.

👉Xususan, 2022 yil yakunlariga ko'ra oddiy aksiyalar bo'yicha 5499.2 so'm (2530 so'm nominal qiymatdan) dividend yoki nominalga nisbatan 217,35 %, va imtiyozli aksiyalar bo'yicha 632,5 so'm yoki nominaliga nisbatan 25% dividend to'lanishi belgilangan. 2021 yil yakunlariga ko'ra esa oddiy aksiyalar bo'yicha 5042.7 so'm (2530 so'm nominal qiymatdan) dividend yoki nominalga nisbatan 199,32 %, va imtiyozli aksiyalar bo'yicha 632,5 so'm yoki nominaliga nisbatan 25% dividend to'lanishi belgilangan.

Farg'onaazot AJ tomonidan so'nggi yillarda hisoblangan dividendlar

Afsuski, ushbu tashkilot aksiyalarining faqat 1% aksiyasigagina jismoniy shaxslar egalik qilish baxtiga muyassar bo'lishgan, qolgan aksiyadorlari esa "O'zkimyosanoat" AJ (49.15% egalik ulushi) va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (49.87% egalik ulushi) hisoblanishadi. Shuningdek, ushbu tashkilot aksiyalari erkin savdoda mavjud emas.

Farg'onaazot AJ. Foto: DAVAKTIV

✅Mana shunday tashkilotlar aksiyasiga haqiqiy investorlar qiziqish bildirishi mumkin, mana shunday tashkilotlar IPO (Aksiyalarni birlamchi ochiq bozorda sotish)si chinakam xalq IPOsi bo'lishi mumkin edi, Farg'onaazotning xususiylashtirilishi 2022 yil yakuniga qadar amalga oshirilishi belgilangan. ✍️. Biroq, afsuski har doimgidek yog'li davlat tashkilotlari aksiyalari ommaga emas balki yirik investorlarga kelishuv (shartnoma tuzish uchun ommaviy taklif) tariqasida sotilishi bo'yicha ishlar boshlangan, xalqqa esa hozircha Uzauto aksiyalarini xarid qilish ham yetarli deya baholangan.

🗣 Qayerda katta pul bo'lsa, o'sha yerda kapital bozorining yirik o'yinchilari bo'ladi, o'ylaymizki hammasi haqqoniy va shaffof rasmiylashtirilgan holda amalga oshiriladi.


Uzb: @MoliyachiUZ

Rus: @FinansistUZ


Report Page