O‘zbekiston va Ozarbayjon kinoijodkorlari hamkorlikda Maqsud Shayxzoda haqida film suratga oladi

O‘zbekiston va Ozarbayjon kinoijodkorlari hamkorlikda Maqsud Shayxzoda haqida film suratga oladi


Shu kunlarda Ozarbayjonda “O‘zbekiston fan va madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi va Ozarbayjon Kinematografiya agentligi o‘rtasida o‘zbek xalqining sevimli shoiri, yozuvchi, dramaturi, zabardast olim sifatida dong taratgan Maqsud Shayxzoda haqida film yaratish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur kelishuv madaniyat kunlarining muhim voqeligi bo‘ldi. Memorandum Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi kinematografiya agentligi direktori O‘rxan Fikret o‘g‘li tomonidan imzolandi. 

“- O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023 yilda mamlakatimiz tarixiy shaxslari hayoti va ijodiga bag‘ishlangan 50 ta loyihadan iborat "Tirik tarix" turkumi ostida filmlar yaratish tashabbusini ilgari surdi. 7 yilga mo‘ljallangan dastur loyihasiga kiritilgan filmlardan biri “Maqsud Shayxzoda” qo‘shma kinoloyihasidir.

Ishonamizki, ushbu kinomahsulotlar O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlari qalbidan joy oladi va xalqlarimiz o‘rtasidagi umumiy madaniy aloqalairni mustahkamlashga hissa qo‘shadi”, - dedi Firdavs Abduxoliqov.

“- O‘zbek kinosidagi yangiliklar, islohotlar bizni ham juda xursand qilmoqda hamda aynan o‘zbek o‘zbek milliy filmlariga bo‘lgan qiziqishimiz ortmoqda. Albatta, milliy kinematografiyangizdagi bunday ijobiy islohotlar Prezidentingizning e’tibori va ko‘magi tufayli. O‘zbekiston kinoijodkorlari bilan hamkorlikda ushbu filmdan tashqari yana boshqa mavzularda ham qo’shma loyihalar ishlash rejamizda bor.” – deb ta’kidladi O‘rxan Fikret o‘g‘li.

Report Page