"O'zbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan ma'rifatparvar ayol Nodirabegimning ibratli hayot yo'li"

"O'zbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan ma'rifatparvar ayol Nodirabegimning ibratli hayot yo'li"

Jo'rayeva Jumagul Maxkamovna

Buxoro viloyati Peshku tuman 45-umumiy o'rta ta'lim maktabida O‘zbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan ma’rifatparvar ayol Nodirabegimning ibratli hayot yo‘lini targ‘ib etish ularning yubiley sanalarini keng nishonlash maqsadida davra suhbatlari tashkil etildi.

Nodira (taxallusi; ismi Mohlaroyim) (1792, Andijon —1842, Qo‘qon) — shoira, ma’rifatparvar va davlat arbobi. «Komila» va «Maknuna» taxalluslari bilan ham she’rlar yozgan. Otasi Andijon hokimi Rahmonqulbiy — ming qabilasidan, Farg‘ona hukmdori Olimxonning tog‘asi. Olimxon ukasi Umarxonga Marg‘ilon hokimligini beradi va uni 1807 yilda Nodiraga uylantiradi. Nodira shu xonadonda she’r yozishni mashq qiladi, shoira Uvaysiy bilan tanishadi, uni muallima sifatida saroyga taklif etadi. Nodiraning turmush yo‘ldoshi Amir Umarxon ham Amiriy taxallusida ijod qilgan. 1822 yilda Umarxon vafot etib, uning o‘g‘li, 14 yoshli Muhammad Alixon (Ma’dalixon) taxtga ko‘tarildi. Lekin davlatni, asosan, Nodiraning o‘zi idora qildi. U madaniyat va san’atni rivojlantirishga intildi. Nodiraning zamondoshi qozi Abdunabi Xotifning tamomlanmay qolgan voqeaband dostonida Nodiraning hayoti va ijtimoiy faoliyati ishonarli dalillar bilan ko‘rsatib berilgan: «Asar yozishdan maqsadim Nodiraning oqila, fahmli, ilm va so‘zning qadriga yetadigan donishmand ayol ekanligini ko‘rsatishdir...

Nodiraning adabiy merosi o‘z g‘oyaviy-badiiy ahamiyati nuqtai nazaridan mumtoz she’riyatning go‘zal namunalaridandir. Uning to‘la bo‘lmagan o‘zbekcha devoni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi . Devonga Nodiraning 109 (yoki 1704 misra) g‘azali kiritilgan. Nodiraning o‘zi yozgan debochada tarjimai holiga oid ba’zi muhim ma’lumotlar berilgan. 19-asrda ko‘chirilgan, hozir O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix muzeyi arxivida saqlanayotgan devonda Nodiraning «Komila» taxallusi bilan yozgan (328 misra) g‘azali borligi aniqlangan. 1962 yilda Namanganda shoiraning mukammal devoni topildi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida saqlanayotgan, bu devon shoiraning merosini to‘liq qamrab olgan, deyish mumkin. Bunda shoira yozgan debocha mukammal berilgan. Devonda shoiraning «Nodira» taxallusi bilan yozgan 180 she’ri jamlangan (shulardan 136 tasi o‘zbek tilida, 44 tasi tojik tilida). Jumladan, 11 muxammas, 2 musaddas, 1 musamman, 1 tarji’band, 1 tarkibband va 1 firoqnoma ham bor. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida Nodiraning «Maknuna» taxallusi bilan yozilgan, 333 g‘azaldan iborat bir devoni mavjud. Bugungi kunda biz Nodiraning o‘zbek va fors-tojik tillarida yaratgan 10 ming misraga yaqin lirik merosiga egamiz.

Muhabbatsiz kishi odam emasdur, Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et! Nodiraning muhabbat tushunchasi chuqur ijtimoiy mazmun kasb etadi. Muhabbat shaxsiy tuyg‘ular doirasidan yuqori ko‘tarilib, odamiylikni chuqur idrok qilish vositasiga aylantiriladi. Nodira insonning eng yuksak fazilati vafodorlikda deb biladi. Shoiraning fors-tojik tilidagi mebosh radifli g‘azalida vafo mavzui keng doirada qalamga olinadi.

Bugungi davra suhbati jarayonida òquvchilar Nodirabegim hayoti ijodi haqida bilganlarini yana bir bor yodga olib mustahkamlab oldilar.

Ma’rifatli, fidoyi, zahmatkash, yuzi ham, qalbi ham go‘zal bo‘lgan o‘zbek ayollari nomini, ular amalga oshirgan ishlarini dunyo xalqlari albatta, bilishi kerak!

Bizni kuzatishda davom eting !

45-maktabning Ijodiy-madaniy masalalari bo'yicha targ'ibotchisi :Jo'rayeva Jumagul Maxkamovna




Report Page