O‘zbekiston milliy stendlari "Rossiya Halal Expo 2023”

O‘zbekiston milliy stendlari "Rossiya Halal Expo 2023”

Xalqaro ko‘rgazmasida


“Kazan Expo” ko‘rgazmalar majmuasida “Rossiya Halal Expo” halol mahsulotlar ko‘rgazmasi boshlandi. Ushbu tadbir 18-19 may kunlari Tatariston poytaxtida boʻlib oʻtayotgan “Rossiya – Islom olami: KazanForum 2023” XIV xalqaro iqtisodiy forumi doirasida tashkil etildi.

Bugungi kunda ko‘plab mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston iqtisodiyotining deyarli barcha jabhalarida halol yo‘nalishidagi sanoat turlari jadal rivojlanmoqda. Iste'molchilarning keng doirasi uchun halol yorlig'i mahsulotning yuqori sifati va ekologik tozaligi kafolati bo'lib xizmat qilmoqda.

Eksportni rag'batlantirish agentligi ko‘magida tashkillashtirilgan O‘zbekiston Respublikasining ikkita milliy stendi iqtisodiyotning 8 ta tarmog‘i bo‘yicha yurtimizning eksport salohiyatini namoyish etmoqda. “Made in Uzbekistan” stendi ishtirokchilari orasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Madaniy meros va turizm vazirliklari, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi, "O'zkimyosanoat" AJ, “IT Park Uzbekistan” kabi kompaniyalar bor.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan halol yorlig‘iga ega mahsulotlar nafaqat mahalliy bozorni faollik bilan egallamoqda, balki boshqa mamlakatlarda ham o‘zini salohiyatini namoyon qilishga intilmoqda. Ko‘rgazma o‘zaro hamkorlik uchun qulay maydonga aylandi. Bu yerda ishlab chiqaruvchilar shu sohadagi raqobatchilari bilan foydali uchrashuvlar o‘tkazishlari, yangi destribyutorlarni topishlari va o‘zlarini xalqari maydonda tanishtirishlari, xaridorlar esa yuqori sifatli tovar va xizmatlarning keng assortimentini o‘rganishlari mumkin.


В выставочном комплексе “Kazan Expo” стартовала выставка халяль-продукции Russia Halal Expo. Она организована в рамках ХIV Международного экономического форума «Россия — Исламский мир: KazanForum 2023», который проходит в столице Татарстана с 18 по 19 мая.

На сегодняшний день практически во всех сферах экономики многих стран, в том числе Узбекистана, активно развивается халяль-индустрия. Маркировка «Халяль» для огромного круга потребителей стала гарантией высокого качества и экологичности товара.

Два национальных стенда Республики Узбекистан при поддержке Агентства продвижения экспорта демонстрируют экспортный потенциал 8 отраслей экономики. Среди участников на стендах «Made in Uzbekistan» представлены Министерство сельского хозяйства, Министерство культурного наследия и туризма, Ассоциация «Узтекстильпром», Ассоциация «Узчармсаноат», Ассоциация «Узэлтехсаноат», Агентство по развитию фармацевтической отрасли, АО «Химпром», IT Park Uzbekistan.

Халяль-продукция узбекского производства не только активно завоёвывает местный рынок, но и стремится обозначить себя в других странах. Выставка стала удобной площадкой для сотрудничества, здесь производители могут познакомиться с конкурентами, найти новых поставщиков и рассказать о себе, а покупатели - изучить широкий ассортимент качественных товаров и услуг.




Report Page