O‘zbekiston mahsulotlari "Innoprom-2023"da namoyish etilmoqda

O‘zbekiston mahsulotlari "Innoprom-2023"da namoyish etilmoqda


Joriy yilning 10-13 iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida “INNOPROM – 2023” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

“INNOPROM-2023” – yangi mijozlar, yetkazib beruvchilar, hamkorlar va investorlarni topish yo’nalishidagi xalqaro platforma. Bu yilgi asosiy mavzu – “Barqaror ishlab chiqarish: yangilanish strategiyalari”. Usbu ko‘rgazma ilg‘or texnologiyalarni namoyish etish va zamonaviy sanoatning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun global platforma hisoblanadi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi ko‘magida mamlakatimiz eksport salohiyatini namoyish etuvchi iqtisodiyotning 9 tarmog‘i bo‘yicha O‘zbekiston Milliy stendi tashkil etildi.

“Made in Uzbekistan” stendi ishtirokchilari orasida Madaniyat va turizm vazirligi,

“O‘zeltexsanoat”, “O‘zto‘qimachiliksanoat”, “O‘zcharmsanoat”, “O‘zsanoatqurilishmateriallari”, Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi, “O‘zkimyosanoat” AJ, “Texnopark” MChJ va “IT Park Uzbekistan” kabi muassasalar ham mavjud. 

Ko‘rgazma doirasida B2B muzokaralari rejalashtirilgan bo‘lib, Milliy ko‘rgazma ishtirokchilari va xorijiy hamkorlar o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

10-13 июля текущего года в городе Екатеринбург Российской Федерации проходит международная выставка «ИННОПРОМ - 2023».

«ИННОПРОМ-2023» - международная площадка для поиска новых заказчиков, поставщиков, партнеров и инвесторов. Главная тема этого года – "Устойчивое производство: стратегии обновления". Выставка является глобальной платформой для демонстрации передовых технологий

и обсуждения актуальных тем современной промышленности.


При поддержке Агентства продвижения экспорта при Министерстве инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан организован Национальный стенд Узбекистана, демонстрирующий экспортный потенциал страны в 9 отраслях экономики. 

Среди участников стенда «Made in Uzbekistan» Министерство культуры

и туризма, ассоциации: «Узэлтехсаноат», «Узтекстильпром», «Узчармсаноат», «Узпромстройматериалы», Агентство по развитию фармацевтической отрасли, АО «Узкимёсаноат», ООО «Технопарк» и «IT Park Uzbekistan».

В рамках выставки запланированы B2B-переговоры, ожидается подписание соглашений о сотрудничестве между участниками Национальной экспозиции и иностранными партнерами.


Report Page