O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Qo‘shrabot tuman bo‘lim boshlig‘i Xolbekov Abdinabi Cho‘tboyevich ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Qo‘shrabot tuman bo‘lim boshlig‘i Xolbekov Abdinabi Cho‘tboyevich ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi.


Mavzu: Mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risi”da hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi”da 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-sonli qarorlari bo‘yicha bugungi kunda Qo‘shrabot tumanidagi 45 ta mahallada uyma-uy yurish orqali barcha xonadonlarni qamrab olgan holda xatlov o‘tkazildi natijada “Mahalla balansi” shakllantirildi.

Mahalla “yettilik” imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ularning o‘zaro hamkorligini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 2024-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xarita”si ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini va hamkorligini samarali ta’minlash hamda «mahalla yettiligi» faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida 137-son qaroriga asosan Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelib ketishi bo‘yicha davomatni (tabelni) yuritish tartibi olib borilmoqda.

Mahalla “yettiligi”ning salohiyati (bilim saviyasi), “Mahalla yettiligi” a’zolarini aholi tanishi ular aholini o‘z ortidan erishtira olishi, tashabbuskor, tashkilotchiligi, aholi bilan ishlash va muammolarni hal etish bo‘yicha “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda. Ushbu “Mahalla yettiligi” bilan sektor rahbarlari davlat va nodavlat tashkilot rahbarlari bilan o‘zaro hamkorlik tizimi yo‘lga qo‘yildi. Mahallalarda jinoyatchilik va ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarni oldini olish maqsadida (ajrimlar, notinch oilalar, suiqasd qilish, ta’ziq va zo‘ravonlik, profilaktika hisobda turgan yoshlar) bilan ishlash tizimi ishlar yo‘lga qo‘yilgan.



Report Page