O‘zbekiston kompaniyalari "Mebel. Interyer. Yog'ochga ishlov berish» Xalqaro mebel ko‘rgazmasida

O‘zbekiston kompaniyalari "Mebel. Interyer. Yog'ochga ishlov berish» Xalqaro mebel ko‘rgazmasida


Joriy yilning 14-16 iyun kunlari Olmaota shahrida “Mebel. Interyer. Yog'ochga ishlov berish" xalqaro ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi. 

Bu yilgi ko‘rgazmada Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Xitoy, Pokiston, Turkiya, O'zbekiston kabi davlatlardan jami 150 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etdi.


Mamlakatimiz mebel sanoati yutuqlarini namoyish etish maqsadida Eksportni rag'batlantirish agentligi mahalliy mebel ishlab chiqaruvchi korxonalarga uy, vintaj, rotang va to‘qilgan, oshxona mebellari, yuvinish xonasi uchun mo'ljallangan mebellar, bog‘, dam olish maskanlari, jamoat joylariga mos keluvchi mebellar bilan ko'rgazmada ishtirok etishda amaliy yordam ko'rsatdi.

Ishonamizki, soha mutaxassislari, savdo tashkiloti vakillari va potentsial iste’molchilar o‘rtasidagi muloqot hududiy sanoat bozorini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, tarmoqlararo aloqalarni rivojlantirish va qo‘shma korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.

Kompaniyalarimizga ushbu ko'rgazma samarali natijalar keltirib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tashqi bozorga olib chiqish uchun yangi biznes shartnomalar imzolanishiga umid qilamiz. 

С 14 по 16 июня 2023 года в городе Алматы прошла Международная выставка «Мебель. Интерьер. Деревообработка».


В этом году в выставке участвовали более 150 предприятий и компаний из Российской Федерации, Республики Беларусь, Китая, Пакистана, Турции, а также из нашей республики.


Для демонстрации достижений мебельной промышленности нашей страны Агентство продвижения экспорта в очередной раз оказало финансовую поддержку узбекским компаниям-производителям мебельной продукции в участии на выставке с демонстрацией домашней, винтажной, ротанговой и плетеной, кухонной мебели, мебели для ванной комнаты, для сада и отдыха, для зданий общественного обслуживания и многое другое.

Уверены в том, что общение специалистов индустрии, представителей торговых организаций и потенциальных потребителей положительно скажется на развитие регионального отраслевого рынка, тем самым создавая благоприятные условия для развития межотраслевых связей и повышения эффективности работы совместных предприятий.

Желаем плодотворной работы нашим компаниям и ожидаем заключения новых бизнес-соглашений с целью увеличения шансов продвижения узбекской продукции на зарубежном рынке.

Report Page